Fortnite o`yini Epic Gamesga 3 milliard keltirdi.

Yangiliklar Vaqtichog'lik
28 Dekabr 2018

Supermashhur o`yinning barcha fanatlari uchun zo`r yangilik. Yil mobaynida fantastik 3 milliard – mana o`sha, haqiqiy orzu, o`yin ishlab chiqaruvchilar uchun ulkan muvafaqqiyat.

Faqatgina Apple tufayli ishlab chiquvchilar apreldan to noyabrgacha 385 milliondan ortiq ishlab toganlar degan ma`lumot ham bor. Bundan tashqari, iPhone egalari ichki xaridlar uchun kuniga 1 milliondan ortiq pul sarflaydilar. Android foydalanuvchilari bo`yicha ma`lumot mavjud emas, hattoki iOS haqidagi ma`lumotlar ham aniq emas.

Fortnite o`yini Epic Gamesning birinchi mega-muvafaqqiyatli loyihasi emas. Gear of Wars uning yaratuvchilariga 12 millionlik budjet bilan 100 million keltirgan edi.

Fortnite – ochiq olamli omon qolish kerak bo`lgan simulyator janridagi kompyuter o`yini, asosiy mexanikalari tadqiq etish, resurslar yig`ish, mustahkam binolarni qurish va bostirib kelayotgan maxluqlar oqimiga qarshi jang qilishdan iborat kooperativ qumdon.

Manba: 9 To 5 Mac