Apple Hindistonda smartfonlar yig`adi.
Yangiliklar
28 Dekabr 2018

Bu haqida Reuters o`z manbasiga tayangan holda yozmoqda. Umuman olganda buning hech qanday ajablanarli joyi yo`q, apparatlarni o`sha Foxconn yig`adi, faqat Hindistondagi zavodda. iPhone uchun maxsus liniya ajratiladi.
Buning uchun Applening shov-shuvli hamkori 350 million dollardan ortiq mablag` ajratadi. Kompaniya 25 000 yangi ish joylari yaratadi.
Aytishlaricha, zavodda faqat premium modellari yig`iladi.
Ishlab chiqarishni Hindistonda mustaxkamlanishiga asosiy sabablardan biri deb tahlilchilar Xitoy va AQSh o`rtasidagi murakkab munosabatlarni keltirmoqdalar.
Manba: Reuters