Eng ishonchsiz texnologik kompaniyalar ro`yxati e`lon qilindi.

Yangiliklar
27 Dekabr 2018

Toluna taniqli tahliliy kompaniyasi mingdan ortiq respondentlarni, ularning tushunishicha aynan qaysi kompaniya foydalanuvchilar ma`lumotlari maxfiyligini ta`minlash borasida oqsayotganligi haqida savolga tutdi.

Albatta, birinchi o`rinni Facebook egalladi. Eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa nisbatan bo`lgan ishonch bu yili maksimal darajada tushib ketdi. So`rov ishtirokchilarining 40% Facebook umuman ishonchsiz ekanini ta`kidladilar. Ikkinchi o`rinni Twitter egalladi. Respondentlarning 8% ushbu servis ma`lumotlar maxfiyligi ustida unchalik ham ko`p bosh qotirmasligini aytdilar. Birinchi va ikkinchi o`rin orasidagi katta jarlikni sezyapsizmi? Mana! Biz ham sezdik.

Qizig`i, ro`yxatda Apple ham bor. 4% foydalanuvchilarning hisoblashicha, kompaniya shaxsiy ma`lumotlar xavfsizligini ta`minlashda u qadar yaxshi emas deb hisoblamoqdalar.

Mana to`liq ro`yxat qanday ko`rinishga ega.

Manba: Macdigger