Nokia 9 PureView smartfonining “jonli” suratlari paydo bo`ldi.

Yangiliklar
27 Dekabr 2018

Bu yana qanaqa asalari uyalari bo`ldi? Balki bu smartfonga o`rnatilgan pashsha ko`zidir? Yoki go`sht qiymalagichmi? Bu va boshqa savollarga bizda javoblar yo`q bo`lsada, Nokia 9 PureViewning g`iloflari bilan tarmoqqa sizib chiqqan suratlari bor.

Ko`ring, bu yerda beshta modulli asosiy kamera mavjud. Markaziy va boshqa to`rt teshiklarda obyektiv mavjud bo`lib, bittasida esa chaqnoq joylashgan.

Shuningdek, devaysning tepa qismida qalin rom borligi ham oydin bo`lib turibdi. Shu yerning o`zida datchiklar, dinamik va old kamera joylashgan.

Yangi mahsulot yil boshida taqdim etiladi.

Manba: Slashleaks