Yangi yilda Samsungdan nimani kutsa bo`ladi?

Yangiliklar
27 Dekabr 2018

SamMobile nashriyoti 2019 yilning boshida Janubiy Koreya kompaniyasining rejelaridan bir shingili bilan o`rtoqlashdi. Aniqlanishicha, bizni birvarakayiga bir nechta yangi mahsulotlarning relizi kutib turgan ekan, jumladan: smart-soat, planshetlar va fitnes-trekerlar.

Hozircha soat haqida uning nomi Pulse ekanligi ma`lum xolos, katta ehtimol bilan keyinchalik bu nom Galaxy Sportga o`zgartirilishi mumkin. Gadjet Bixby assistentli Tizenda ishlashi mumkin degan gumon bor. “Aqlli” soat 4 GB tezkor xotira bilan jihozlanadi va to`rtta rangda taqdim etiladi.

Fitnes-trekerga keladigan bo`lsak, u haqida ma`lumot ko`p emas. Taxmin qilinishicha, ular Galaxy Fit seriyasi devayslari bo`ladi.

Va nihoyat, planshetlar. Samsung puxtalik bilan Galaxy Tab A lineykasining bir nechta modellarini relizga tayyorlab kelmoqda. Modellar ikki ko`rinishda yetkazib beriladi: 64 GB va 128 GB to`plash xotirali, kulrang va qora rangda.

Aftidan Samsung yangi mahsulotlarni fevral oyida MWC 2019 doirasida taqdim etadi.

Manba: SamMobile