Fortune jurnali yilning top-5 smartfonlarini e`lon qildi.

Yangiliklar
26 Dekabr 2018

Hurmatga sazovor nashriyot o`tib borayotgan yilda qaysi smartfonlar eng yaxshilari bo`lganiga aniqlik kiritgan holda yil yakunlarini e`lon qildi. Umuman olganda, smartfonlar bozorining o`sishi sekinlashgan. Uchinchi chorakda telefon yetkazib berish 6%ga qisqargan.

Ro`yxatni tuzishda Fortune smartfonlarning texnik xususiyatlarning uyg`unligi, kameralarning sifati va avtonom rejimdagi ishlash davomiyligi kabi ko`rsatkichlarga tayangan. Ro`yxatni e`lon qilamiz.

5. Samsung Galaxy Note 9
4. OnePlus 6T
3. Huawei Mate 20 Pro
2. Google Pixel 3
1. iPhone XS Max


Devayslarning afzalliklaridan quyidagilari e`tirof etib o`tildi: Note 9 (yuqori o`lchamli katta displey, yangilangan stilus S Pen), 6T (past yorug`likda a`lo darajada suratga olish rejimi, narx va sifatning zo`r mutanosibligi), Mate 20 Pro (professional darajada suratga olishni ta`minlaydigan, hamda protsessor va kameraga o`rnatilgan sun`iy intellekt), Pixel 3 (devays kamerasi va Top Shot va Night Sight funksiyalari), iPhone XS Max (dizayn va yuqori ishlab chiqarish quvvati. Birinchisi haqida jiddiymikan?)

Ro`yxat bilan rozimisiz?

Manba: Fortune