Xitoy kompaniyalari Applega boykot e`lon qildi.

Yangiliklar
26 Dekabr 2018

Xitoyning ko`plab korxonalarida, agar xodimlar iPhone ishlatayotgan bo`lsalar, ularni mukofot pullarisiz qoldirib, ba`zilarini esa bu uchun hattoki ishdan ham bo`shatib yubormoqdalar. Bunda rahbariyat Huawei va ZTE egalarini har taraflama rag`batlantirmoqda. Buni hazil deb o`ylayapsizmi? Aslo yo`q.

Bu, AQSh va Yevropaga Xitoy gadjetlarini, go`yoki mavjud josuslikdan qo`rqib foydalanishdan voz kechilganiga nisbatan qaytarilgan javobdan boshqasi emas. Paymonani to`ldirgan so`nggi tomchi esa Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouning hibsga olingani bo`ldi.

Xitoy kompaniyalari o`z xodimlarini, milliy mahsulot narxining 10%dan 20%gacha miqdorini to`lab berish sharti bilan Apple devayslaridan voz kechishga chaqirmoqdalar, ba`zan esa majbur ham qilmoqdalar.

Bugungi kunga kelib mamlakatning yuzlab korxonalari Apple mahsulotini ishlatishdan bosh tortmoqdalar.

Manba: Nikkei