Tarmoqda Samsung Galaxy S10+ smartfonining suratlari paydo bo`ldi.

Yangiliklar
25 Dekabr 2018

Huawei rekord darajadagi 200mln dona smartfon yetkazib bergani haqida hisobotni taqdim etib turgan bir paytda, taniqli insayder Ice Universe Samsungning bo`lajak flagmani old paneli suratlarini tarmoqqa tarqatib yubordi. Bundan tashqari u panelni shunga o`xshash iPhone X va Mate 20 Pro bilan taqqoslab ko`rgan.

Agar ko`rilgan narsaga ishonadigan bo`lsak, unda yangi smartfon juftlik old kamera uchun mo`ljallangan kichik kemtikli yangilangan displey bilan jihozlanadi.

Surat S10+ning pastki romi Mate 20 Proning romidan ingichkaroq va iPhone Xnikiga taxminan o`xshash ekanligini isbotlab turibdi.

Manba: Twitter