Xiaomi Pocophone F1 chiqardi.

Yangiliklar
25 Dekabr 2018

Kompaniya kirib kelayotgan Yangi yil va Rojdestvo bayramlaridan juda ham ilhomlangan shekilli, sababi oxirgi paytdagi yangiliklar faqat ular atrofida aylanmoqda. Va'daga vafo qilindi. Bugun Xiaomi kompaniyasi Poco brendi ostida yangi smartfonni chiqardi. Bu mashhur Pocophone F1ning yangi ko`rinishi.

Bu o`zi nima devays?

Pocophone F1 – kevlar qoplamali Armoured Editionning premium ko`rinishi. Yangilangan variantda 6/128 GBli konfiguratsiya paydo bo`ldi. Kevlar qoplamasi shishadan besh baravar qimmat va undan shuncha baravar mustahkam.

Devaysning qolgan xarakteristikalari avvalgisidan farq qilmaydi: 6,18-dyuymli IPS LCD-displey, Snapdragon 845 protsessori, 12 MP + 5 MPli juft kamera va 20 MPli old kamera.

Narx masalasi

Armored Edition ko`rinishining narxi — 340$.

Manba: GizmoChina