Xiaomi mingta smartfondan archa yasadi.

Yangiliklar Vaqtichog'lik
25 Dekabr 2018

Shu yo`l bilan kompaniya mobil telefonlardan yasalgan eng katta jonli mozaikasi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Bunday go`zallikni hosil qilish uchun kompaniya 1005ta Mi Play smartfonidan voz kechishiga to`g`ri keldi. Archaning balandligi – 8 metr. Xiaomi boshlig`ining aytishicha, archani yasashga tayyorgarlik 2 hafta vaqtni oldi.

Yigitlar nafaqat barcha devayslarni ulab chiqishlari, balki ularning to`liq sinxronizatsiyasiga ham erishishlari kerak edi. Aynan shu katta qiynichilikni keltirib chiqardi.

Archa Pekin savdo markazlarining birida ko`zni quvontirib turibdi. Uni o`rnatish bo`yicha tashkil etilgan ishlar kechagina yakuniga yetdi.

Источник: MyDrivers