Yangilangan iOS bo`yicha ko`plab shikoyatlar qayd etildi
Yangiliklar
24 Dekabr 2018

iOSni 12.1.2 ko`rinishigacha yangilashga shoshilmay turing. Tizim barqaror ishlamayapti. Bugun butun dunyo bo`ylab foydalanuvchilardan uyali aloqada muammolar paydo bo`lgani haqida xabarlar kelib tushdi.
U bilan bog`liq uzilishlar bo`yicha shikoyatlar Qo`shma Shtatlardan, Lotin Amerikasidan, Osiyo va Yevropadan kelib tushidi. Eng ko`p muammolar Hindiston va AQSh foydalanuvchilarida kelib chiqqan.
Kompaniya tomonidan sarosimaga tushmasdan, devaysni qayta yuklab mobil operator sozlamalarini yangilash so`raldi. Biroq, bu hali u qadar yordam bermayapti.
Mutaxassislar Apple muammoni bartaraf etmaguniga qadar iPhone egalariga smartfonlarini yangilamay turishni maslahat bermoqdalar.
Manba: Forbes