Stranger Things: The Game – haqiqiy 80-yillar

AppStore
19 Dekabr 2018

Agar siz doimiy ravishda internetda o`tirsangiz, unda Netflixning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri bo`lgan Stranger Things (Juda g`alati ishlar/Sirli voqealar) serialiga ko`zingiz tushgan bo`lishi kerak. Ehtimol siz uni ko`rgandirsiz ham. Men esa sizlarga nafaqat serial fanatlarini, balki yaxshi bir virtual ekshenni xush ko`ruvchilarni qiziqtiradigan o`yin haida so`zlab beraman.

Avvalo Stranger Things: The Game – bu BonusXP va Netflix ishlab chiquvchilarning tuhfasi bo`lib, u haqida hech kim so`ramagan va bilmagan. Loyihani relizga qadar sir saqlash uchun uning yaratuvchilari testerlarni yollashdan voz kechdilar va buning o`rniga ishlanmani tekshirib ko`rish bilan xodimlar oila a`zolari shug`ullangan. Aynan shu tufayli ham o`yinda murakkablikning 2 darajasini yaratish uddasidan chiqildi.

O`yin, nafaqat syujeti bo`yicha, balki uslubi va geympley bo`yicha ham sizga uzoq 80-yillarni eslatib yuboradi. Indianadagi Xokins shahri retroni xush ko`ruvchilarda yoqimli hislarni uyg`otuvchi yerto`lalar, boshqotirmalar va sirlar yig`indisiga aylantirilgan.

O`yin, uning bosh qahramoni sherif Jim Xopper bir guruh bolalarning yo`qolganligi haqidagi tungi qo`ng`iroq qabul qilishidan va darhol ularni izlashga otlanishidan boshlanadi. Tez orada bolalar odamlar ustidan mahfiy tajribalar o`tkazadigan, hamda “teskari tomon” deb atalmish g`ayrioddiy va xavfli parallel olamga portal ochuvchi hukumat tashkiloti tomonidan o`g`rilanganligi ma`lum bo`ladi.

Bolalarni topib qutqarganingiz sari, ular sizning izlash otryadingizga qo`shilib boradi. Istalgan payt (faqat “teskari tomon”da bo`lib turgan paytdan tashqari) siz sherif va bolalardan biri bilan almashishingiz mumkin bo`ladi. Sababi ularning har biri o`z kurashish uslubiga ega bo`ladi va eng muhimi, boshqotirmalarni yechishda va avvallari kira olinmagan hududlarga kirishda yordam beradigan antiqa xususiyatlarga ham ega bo`ladilar.

O`yin butun Xokins bo`ylab yoyib tashlangan yopiq yerto`la-hududlarga bo`lingan. Har bir yerto`lada raqiblarning to`dasini, ko`plab pazllarni, shu jumladan sizni bossga olib boruvchi bitta asosiy pazllni ham uchratasiz. Boss ustidan g`alaba qozonish unga qadar yetib kelishdan oson bo`lgani bilan, har bir yerto`lani o`tish uchun u ham qiziqarli bo`lib turadigan, ham jonga tegmaydigan darajada ancha vaqt talab etiladi.

Boshqotirmalarning murakkablik darajasi bir o`yinchilarni qiziqtirsa, boshqalarini jahlini chiqarishi mumkin, sababi o`yinda hech qanday yo`l-yo`riq yo`q, shuning uchun ham boshi berk ko`chadan chiqishning yagona yo`li o`tish uchun Googlega murojaat qilishdan iborat. Axir bu retro o`yinlarga bo`lgan a`lo darajadagi havola-ku, biroq zamonaviy “nozikoyim” geymerlarni esa bunday yondashuv ranjitishi mumkin.

Shaharning o`zi o`yinning oraliq bosqichi sifatida hizmat qiladi va unda shahar aholisi bilan muloqotda bo`lish, jon va aprgeyd kabi buyumlarni sotib olish, hamda bir nechta sirlarni ham topish mumkin. Shuningdek bu yerda syujetdan tashqari kvestlarni ham o`tish mumkin va siz ular uchun bir oz tanga ishlab olishingiz va hatto tangalardan qiziqroq narsalarni ham olishingiz mumkin.

Ming afsuski, o`yinning eng katta muammosi – bu boshqaruvdir. U dabdala emas, lekin eng kerakli paytda pand berib qolishi mumkin, ayniqsa siz raqibga juda ham yaqinlashishni emas, balki o`q otishni xohlaganingizda.

O`yinda Stranger Things olami haqida yetarli ma`lumot mavjud emasligini va aynan shu sabab serialni ko`rmaganlar ko`plab qiziqarli havolalar va syujet burilishlarini o`tkazib yuborishlari, hamda rus tiliga mahalliylashtirilmagnligini uning kichik kamchiliklari sirasiga qo`shib qo`yish mumkin.

Lekin, bularning bari o`yinning o`z-o`zidan juda yaxshiligi fonida, ayniqsa Stranger Things olamining tarkibiy qismi sifatida unchalik muhim emas. O`yin o`yinchining atrof-muhitga qiziqishini qo`llab-quvvatlaydi. Syujetning davomiyligi 6 soatdan oshadi va bu umuman bepul, ammo reklamasi bor o`yin uchun ajoyibdir – serialning barcha fanatlari va klassik o`yinlarni xush ko`ruvchilar uchun haqiqiy sovg`a.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
BonusXP, Inc.
Janr
Приключение
Versiya
1.0.280
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror