Huawei Nova 4 smartfonini taqdim etdi. Maqbul pul evaziga zo`r smartfon.

Yangiliklar Maqolalar
17 Dekabr 2018

Nega ushbu kompaniyaning smartfonlari O`zbekistonda u qadar mashhur emasligini men bilmayman, garchi Huawei haqiqatda narx va sifat mutanosibligi mujassam bo`lgan mahsulot ishlab chiqarsada. Bu ular displeylarining ajoyib rang taratishiga ham tegishli, xattoki gap 200 sh.b. atrofidagi budjet moeddallari haqida ketganida ham. Fikrimcha, mamlakatimizda Huaweiga hozircha yetarli darajada baho berilmapyati. Ha, albatta kompaniyaning bir qator muxlislari bor va ular Xiaomini barcha ko`rsatkichlar bo`yicha Huawei bilan bir qatorga qo`yishmaydi ham, biroq ommaviy ravishda Huawei smartfonlariga bo`lgan munosabat jiddiy emas, biroz ishonqiramagan va ehtiyotkor. Aslida bu bekor. Deyarli endigina kompaniya umuman zo`r bo`lgan Nova 4 smartfonini taqdim etdi.

Yangi mahsulot shisha korpus, 6,4 dyumlik IPS Full HD+ displey va to`liq ekranli o`lchami 25 MP bo`lgan old kamera bilan jihozlangan. Nova 4 8 GB tezkor xotirali Kirin 970 boshqaruvi ostida va grafika tezlashishining yaxshigina texnologiyasi bo`lgan GPU Turbo yordamida ishlaydi. Doimiy xotira 128 GB, USB-C, quloqchin uchun 3,5-mmlik ulagich – osuda va qulay foydalanish uchun yana nima kerak?

Nova 4 ikki hil ko`rinishda mavjud bo`ladi, biridan ikkinchisining asosiy farqi – bu kamera moduli bo`lib qoladi. Kichik ko`rinishda – 16 MP + 20 MM + 2 MP bo`lsa, kattasida – 16 MP + 48 MP + 2 MP bo`ladi. Yo`q, bu aslo xato emas! Ha, 48 MP, bir qator ma`lumotlarga ko`ra buni Sony IMX586 sensori ta`minlab beradi.

Sotish – 27-dekabrdan start oladi. Devaysning minimal narxi – 450$, maksimali esa 490$.

Manba: The Verge