Treyler: “Uch chegara”.
Yangiliklar Vaqtichog'lik
13 Dekabr 2018

Ben Afflekning barcha ixlosmandlari kelgusi yilning mart oyi kelishini intiqlik bilan kutishmoqda. Aynan o`shanda Netflix o`zining yangi o`tkir syujetli “Uch chegara” nomli lentasini taqdim etadi.
Voqealar shubhali shuhratga ega bo`lgan, Paragvay, Argentia va Braziliya o`rtasida joylashgan, hamda Iguasu va Parana daryolari kesishgan chegara hududi atrofida rivojlanadi. Bu hudud uyushgan jinoyatchilik, narkotikfurushlar va qo`poruvchilar uchun jannatsimon maskan hisoblanadi. Film syujeti markazida ushbu hududda ishlovchi turli yoshdagi beshta erkak bo`ladi.
Treylerni ko`ramiz, ilhomlanamiz.
Manba: YouTube