2018 yilining O`zbekistondagi eng muhim besh gadjeti.

Yangiliklar Vaqtichog'lik
12 Dekabr 2018

Yil ham o`zining mantiqiy yakuniga yaqinlashib qoldi va biz tugab borayotgan 2018 yilda O`zbekistonda eng ko`p talabga ega bo`lgan va trendagi eng muhim beshta devaysni muhokama qilishga qaror qildik.

iPhone X.

Ha, ushbu smartfon haligacha O`zbekistonda eng ommabop bo`lib kelmoqda. U barqaror ravishda yaxshi sotilmoqda va garchi endi sen “Doshirak” yeb kun kechirayotgan bo`lsangda, atrofdagilar uchun sen hali-hanuz o`sha “eng zo`r yigitsan”, chunki sen iPhone X sotib olgansan. Biron bir qahvaxonada uni stolga yakkaqoshini ustiga qilib qo`yib qo`y va shu ondayoq sehru-jodu ish beradi.

IQOS

Chin ma`noda yil trendi. Sigaret chekish – bu yomon, biroq IQOS bir qarashda sigaret ham emas, tamakini elektron qizdirish tizimi esa Philip Morris tomonidan ishlab chiqilgan. Bir so`z bilan, sen haligacha “bad boy”san, faqat endi sog`liqqa zarar keltirmagan holda. Har holda shunday deb rasmiy manbalar e`tirof etomqda, FDA bo`lsa bunday moslama sog`liqqa zarar keltirishi yoki yo`qligi haqida bir qarorga kelish uchun ularda ma`lumot yetarli emas deb aytmoqda. Boshqacha qilib aytganda, agar IQOS kimgadir zarar keltirsa ham – FDA buning uchun javob bermaydi, axir “ma`lumot yetarli emas” degan ta`rif cheksiz darajada to`liq javobdir. Aniq javobdan qochishining ajoyib yo`li, to`g`ri emasmi? Lekin fakt baribir faktligicha qolmoqda: IQOS shu darajada ommalashdiki, hattoki ayrim faylasuflar bu ixtironi deyarli sog`lom hayot tarzi elementlari qatoriga ham qo`shmoqda. Olam tobora shiddat bilan aqldan ozib boryapti, sezyapsizmi buni?

MacBook Pro

“Nimadir urf bo`ladi, nimadir esa abadiy” – deb bir paytlar “Kasta” guruhining azamat yigitlari rep o`qishar edi va ular bunda haq edilar. Apple leptopi bu doimo a`lo yechim. Bu hech ham maqtanish emas, keling haqiqatga tik boqaylik: o`rtame`yona foydalanuvchi uchun barcha noutbuklar orasida “maklar” – bu “cho`qqi”. Jilla qursa ular Windowsda ishlmasligi va odamlarning maksimal qulay foydalanishlari uchun yaratilganligi sabab, bu yerda “qulaylik” va “odamlar” – bosh so`zlardir.

AirPods

Shak-shubhasiz yilning #musthave. Bu yerda Apple ko`pchilikni kutilganidan ham ortiqroq hayratda qoldirdi, hattoki barchasiga shubha bilan qarovchilarni ham. O`z tasnifi uchun a`lo tovush (aytgancha, yaqinda hamkasblar bilan chastota xarakteristikalarida yuqori va o`rta chastotalar ustunroq ekanini aniqladik), sodda ko`rinish, hech qanday ortiqcha simlar va sevimli musiqani tinglashdan olinadigan rohat – ushbu omillar har kunlik havaskor tovush segmentida – AirPods shak-shubhasiz yilning bosh trendi ekanligida bizni ishontirdi.

Smart-soatlar va bilaguzuklar.

Shak-shubhasiz 2018 yil “aqlli” soatlar va bilaguzuklarni rivojlantirish belgisi ostida o`tdi. Xayriyatki, ular istalgan did va hamyonga mos darajada to`lib-toshib yotibdi. Agar Apple – o`zingiz uddalay olmaganingizda, o`rningizga tez tibbiy yordamni chaqira oladigan o`z smart-soatlarini sotish bo`yicha yetakchi bo`lsa, Xiaomi fitnes-bilaguzuklarni sotish bo`yicha shohsupadan o`z joyini egalladi va bozorni o`zining Mi Band bilaguzugi bilan to`ldirib tashladi. To`satdan odamlar o`zlarining yurak urishlari qanday ekani, necha qadam yoki kilometr bosib o`tganliklarini bilib olgilari kelib qoldi. Nafaqat odamlar. Shu yili chop etib chiqqan bir nechta maqolamizga tayangan holda ayrim bilaguzuklar hatto toshning ham pulsini o`lchay olar ekan. Agar toshlarning og`zi bo`lganida, ular albatta bundan sukunat hayratiga tushib, lang ochilib qolar edi.

So`z yuritilayotgan beshta gadjet biron bir aniq o`rinni egallamagan, siz o`zingiz ularning istalganiga birinchilikni berishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu ro`yxat subyektiv tuzilgan bo`lib, agar siz S9ni o`n yillikning eng trenddagi gadjeti deb hisoblasangiz, bizni qarg`ab yurishingiz shart emas, o`z ro`yxatingizni tuzing va undan rohatlaning. Menga esa yakun yasagan holda, trendda bo`lishni istagan zamonaviy odam ko`rinishini tasavvur etish qoldi xolos: bir qo`lida u IQOS chekmoqda, ikkinchisida esa smart-gadjetlar yordamida pulsini tekshirmoqda va AirPodsda “Meduza”ni tinglamoqda. Uning yelkasida MacBook solingan ryukzak, cho`ntagida bo`lsa iPhone X jiringlamoqda. Bu “baxtsiz” qachon dam oladi? Hozircha bu savolga javobimiz yo`q.

Muallif: Mr.Slan