Command & Conquer: Rivals – “o`sha” emasku, lekin baribir ajoyib.

AppStore
07 Dekabr 2018

Oxirgi bir necha oy davomida Command and Conquer. fanatlari olamida juda ham ko`p voqealar sodir bo`ldi. O`yinning asl ko`rinishi, ko`proq mashhur bo`lgan Red Alert o`yining va aynan biz uchun muhim bo`lgani – Command & Conquer: Rival mobil o`yinining qayta chiqarilishi e`lon qilindi. Va nihoyat, o`yin yuklab olish uchun mavjud bo`ldi. Sizlarga undan nimani kutish kerakligini va unda “aynan o`sha” C&C o`yinidan qancha miqdor borligi haqida aytib beraman.

Reliz chiqishidan oldin Rivals o`yini o`zidan nimani tashkil etishi haqida o`qigan va ko`rgan bo`lishingiz mumkin, biroq men, tafsilotlarga berilishdan oldin baribir boshidan boshlayman. Demak, Command & Conquer: Rivals azaldan cho`ntak devayslari va leptoplar uchun mo`ljallangan mobil o`yin deb sanalib kelingan. U o`xshash boshqa o`yinlar – Clash Royale va klonlar armiyasidan unda jang paytida o`z yunitlarini to`liq boshqarish imkoniyati mavjudligi bilan yaqqol farqlanib turar edi. Ushbu janrning ko`plab o`yinlari o`yinchiga faqat “tushish” joyini tanlash va oxir oqibat nima bo`lishini kuzatish imkonini beradi xolos. Rivals bo`lsa real vaqtdagi strategiyaga o`xshaydi.

Rivalsning raqobatchilaridan yana bir katta farqi – bu janglar uchun turli xaritalardir. Bitta hududni turli rangga qayta bo`yamasdan, Rivals bosib olish nuqtalari va to`siqlarning turli soni va joylashuvini taklif etadi, natijada o`yinchi moslashib jangdan jangga o`z taktikasini o`zgartirishga majbur bo`ladi, bu esa an`anaviy RTSdan qolgan merosdir.

Jang paytida o`yinchilar binolar qurishadi, yunitlarni mashq qildirib, buning barchasi uchun zarur bo`lgan tiberiyni qazib olishadi. G`olib deb raqib bazasini yakson qilgan o`yinchi topiladi. Buni bosib olish nuqtalarini raketa uchirish uchun madofaa qilib turish yoki to`g`ridan-to`g`ri yunitlar yordamida amalga oshirish mumkin.

Bu qanchalik ajablanarli eshitilmasin, lekin Rivalsning barcha yutuqlari Command & Conquer nomi ostiga yashirilgan. Agar, ushbu o`yin qaysi olamning bo`lagi ekanini bir muddatga unutib turilsa, unda u ancha munosib ko`rinish kasb etadi. Geympley anchayin tez bo`lib, jiddiy RTS-o`yinlarini yaxshi o`xshatib qaytaradi. Bu yerda ham resurslarni taqsimlash, ham qo`shin ustidan to`liq nazorat o`rnatish, ham yunitlar rang-barangligi mavjud. O`yinchilar maydonga birinchi otryadni chiqarishni kutib turishgan paytdagi boshlang`ich tinchlikdan so`ng, o`yin to`lig`icha o`z domiga tortib ketadi.

O`yinning muhim taktik omili o`z qo`shinlarini dushman qo`shinlariga nisbatan to`g`ri joylashtirishdan iborat. Masalan, RPGsi bor otryad yerdagi va havodagi texnikaga qarshi yaxshi kurashadi, biroq o`qotar piyoda qo`shiniga qarshi deyarli nochor ahvolda qoladi. Xuddi shu narsa boshqa yunitlarga ham tegishli: NODning “Inferno” samolyoti hech qanday muammosiz piyodalarni qiradi, biroq pulemyotli va raketali texnikaga qarshi kuchisiz bo`lib qoladi.

Agar, ba`zi bir otryadlarning tavsiflari va alohida qobiliyatlariga e`tibor qaratilsa, mazkur formula yanada maroqli ko`rinish kasb etadi. Masalan, “Kosatka” o`zining bittagina tezlikda baravariga o`q otishi bilan deyarli barcha o`rta va mayda texnikani yo`q qila olishi mumkin, ammo bundan so`ng u qayta o`qlanishi kerak. “Gigato`p” bo`lsa 3 soniya davomida tinimsiz hujumdan so`ng, qo`shimcha nishonlarga hujum qilish qobiliyatiga ega bo`ladi. Ba`zi yunitlar masofadan hujum qila oladi, ba`zilari bo`lsa hujum qilinayotgan nuqtalarda u yerda bo`lib turgan dushman qo`shinlariga talofat yetkazadigan olov va ximikatlarni tashlab keta oladi.

Hujumdan oldin tayyorgarlik ko`rish kerak bo`lgan yunitlar ham bor. Ba`zi otryadlar juda tezkor harakatlanib, bir zumda panadan qo`qqisdan hujum qilib ortga qayta oladi, boshqalari esa sekinroq bo`lsada, ammo egallangan nuqtasini uzoq mudofaa qilib tura oladi, hattoki kuchlar teng bo`lmasa ham. Bir nechta o`ziga hosliklarga ega bo`lgan, sodda va tushunarli kontr-yunitlar tizimi janglarni turli-tuman va chuqurroq qilish imkonini berdi. Bu “haqiqiqiy” bo`lmagan Command & Conquer bo`lsada, aftidan ishlab chiquvchilar RTSni iloji boricha mobil qurilmalarga yaxshiroq moslashtirish uchun ancha ter to`kishgan shekilli.

Yutuqlardan farqli o`laroq, o`yindagi kamchiliklar o`qitish topshiriqlari o`tib bo`linganidan so`ng ko`zga yaqqol tashlanadi. Lutbokslar, xaritalar va grind – bular, shunga o`xshash loyihalarning asosini tashkil etib turuvchi uch ustundir. Men realistman, tushunaman, ishlab chiquvchilar ham nimaningdir evaziga kun kechirishlari va nimadir yeyishlari kerak, ammo o`yinlarga nisbatan bo`lgan bunday yondashuv, yumshoqroq qilib aytganda odamni jig`iga tegadi. Oxir oqibat, bunday muhokamalarda “Bu narsa geympleyga qanchalik darajada kuchli ta`sir qiladi” degan bosh savol kelib chiqadi. Javob esa “Hammasi murakkab” bo`ladi, albatta.

Baribir ham o`yinda taktika va yunitlarni tanlab olish muhimdir, hamda past bosqichli va nisbatan kamyob bo`lmagan askarlar bilan ham g`alaba qozonish imkoni ham bor. Ustiga-ustak, o`yindagi har bir ligada yunitlar darajasiga cheklov mavjud, bu degani, agar raqibingizda 60-darajali “Vasiliski” bo`lsa ham, bronza ligasining jang maydonida uning darajasi 6 bo`ladi.

Yunitlar balansiga kelsak, men biron bir muammo kuzatmadim: otryadni xarid qilish uchun qanchalik ko`p resurs sarf qilsangiz, u vakuumda shu qadar kuchli bo`ladi – qolgani o`zingizning taktik yechimlaringizga bog`liq. Odatda shunga o`xshash o`yinlarda yangi yunitlar nomutanosiblikni olib keladi, sababi ishlab chiquvchilar pul ortidan quvib “powercreep” qilib yuborishadi va yangi yunitlarni xarid qilish uchun yanada yoqimli ko`rinishga olib kelishadi. Bu yerda nima bo`lishini esa kelajak ko`rsatadi.

Monetizatsiyaning ko`zga tashlanmas modeliga qaramasdan, o`yinda g`alaba va erishilgan yutuqlar uchun ancha saxiy mukofotlar mavjud. Har kuni sizga 5ta topshiriqni bajarish taklif etiladi va ularni qozonilgan g`alaba uchun olinadigan yoqilg`i yordamida boshqalariga almashtirish ham mumkin. Barcha topshiriqlarni kun davomida bajarganingiz uchun siz xarita va boshqa yoqimli narsalarga to`la quti olasiz. Shuningdek, o`sha yoqilg`ini “o`q-dori yetkazib berish” va uni tezlatishga sarf qilish ham mumkin va bu sizga har uch soatda yana bir tasodifiy qutini qo`lga kiritish imkonini beradi.

Sizga C&C Rivals o`yinining qay darajada yoqishi ko`p jihatdan sizning mobil o`yinlarga bo`lgan umumiy munosabatingizga bog`liq bo`ladi. Agar, lutboksli bepul o`yin g`oyasi sizda nafratdan boshqasini uyg`otmasa, u holda bu yerga kirib ham ko`rmang, hattoki EA o`zining avvalgi kamchiliklarini to`g`irlashga urinayotgan bo`lsa ham. Shuningdek, o`yindan olinadigan umumiy taassurot sizning real vaqtdagi strategiyalarga bo`lgan muhabbatingizga ham bog`liq. Agar siz C&C katta texnologik tarmoqlar va qora libosdagi Jo Kukan ishtirokidagi roliklardan iborat deb hisoblasangiz, unda katta ehtimol bilan Rivals sizga mos kelmaydi.

Biroq, agar siz hech qanday muammosiz, hattoki unitazda o`tirib yoki transportda ketayotib ham o`ynash mumkin bo`lgan va haqiqtada strategiya va topqirlikni ishlatayapman deb o`ylaydigan munosib RTS qidirayotgan bo`lsangiz, Rivals sizning e`tiboringizni aniq o`ziga tortadi. Umuman olganda, uni butkul bepul tarzda sinab ko`rish va o`ynash mumkin, shuning uchnu ham, nega endi yo`q?

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
Electronic Arts
Janr
Стратегия
Versiya
1.2.3
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror