2019 yilning yangi Malibu Turbo avtomobili qanday bo`ladi.?

Bunga shtatlarda chiqqan avtomobilning yangilangan modeli misolida aniqlik kiritishga harakat qilib ko`ramiz. Malibu 2019ning tashqi ko`rinishida nima o`zgaradi?


Mashinaning old qismining suyriligi yanada ortdi, xalq tilida aytganda “oldi derzkiy” bo`ldi. Endi Malibu yanada mardonavor ko`rinishga ega.


Orqa tarafdan ko`rinishga keladigan bo`lsak, o`zgarishlar faralarni ham chetlab o`tmadi. Ular yorug`lik kapsulalarni eslatib yuborgan holda murosasiz ko`rinishga ega.


Shuningdek, orqa tarafidagi yozuvga ham e`tibor qarating.


Interyerdagi o`zgarishlar birinchi o`rinda asboblar paneliga ta`sir qildi, u hozirgisidan keskin farq qiladi, displeyning avvalgisi qolgan bo`lsada, yaratuvchilar uning interfeysini takomillashtirdilar.
Bizlarda ham yangilanadigan 2019 yilning yangi Malibu Turbo avtomobili katta ehtimol bilan aynan shunday ko`rinishga ega bo`ladi. Siz nima deb hisoblaysiz?
Manba: Chevrolet
Автор: Mr.Slan