90-yillarning eng muhim gadjetlari.

Yangiliklar Maqolalar
27 Noyabr 2018

Atigi 20 yil oldin ularsiz o`z hayotimizni to`liq deb tasavvur eta olmasdik. Aynan ushbu devayslar sening muvaffaqiyatga erishganing, maqoming va eng muhimi – do`stlar havasini keltiruvchi narsalar edi deb tuyulardi. Gagadget nashri hayotimiz ularsiz zerikarli va ko`rimsiz bo`lishi mumkin bo`lgan 90-yillarning eng muhim gadjetlarini saralab oldi. Quyida ular haqida.

Spoyler: hech qanday iPhone bu yerda yo`q.

1. Walkman kassetali pleyeri.

Uni bugunning bolasiga ko`rsating va u ushbu “ko`zli” ulkan qutidan musiqa tovushlarini chiqarsa bo`ladi deb aytsangiz, sizni aqldan ozganga chiqaradi. Lekin, u o`sha davrning eng kompakt uskunasidir. To`qsoninchi yillarda Sony Walkman kassetali pleyeri – ultrazamonaviy ko`rinishga ega juda kichik va yengil apparat sanalar edi.

Maxallaning barcha qizlari bir qulog`i bilan Backstreet Boysni tinglashga qarshi bo`lmas edi. Qizig`i shundaki, ushbu devays batareykalarni juda tez “o`tkazib qo`yar” edi, shuning uchun, quvvatni tejash maqsadida biz kassetalarni qalam yoki ruchka yordamida ortga aylantirar edik.

30 yil davomida Sony kompaniyasi o`sha davrlar uchun aql bovar qilmas opsiyalarga ega: avtorevers, AM/FM priyomnigi, ekvalayzer va hattoki mikrofoni bo`lgan kassetali pleyerlarning katta model qatorini chiqarar edi.

2. Montana soati.

Bu sizlarga allaqanday nozik Apple Watch emas. Do`ndiqcha, faqat xardkor. Montana yuqori aniqlik bilan maqtana olmagan bo`lsa ham mayli-ku, lekin uning uzoq hizmat qilishi ham yutuqli tomoni emas edi. Lekin dizayni kutganingizdan ham ortiq edi. Orqa qopqog`ida o`yib chizilgan burgutning o`zi odamni sarmast qilib qo`yardi. Agar qo`lingda burgut “o`tirgan” bo`lsa, sen zo`r hisoblanar eding.

Barchamiz uni amerikaning soati deb o`ylab, o`zimizni kovboylardek his qilar edik. Ex, Montanani Gonkongda ishlab chiqarilganini o`sha paytlarda kim ham o`ylabdi deysiz. Soat bir nechta modifikatsiyaga ega edi, ammo ushbu modelni haqli ravishda o`z vaqtining smart-saoti deb atasa bo`lardi, axir unda budilnik sifatida o`z taronangizni o`rnatsangiz bo`lar edi. O`n oltita musiqadan bittasini-ya.

3. Polaroid fotokamerasi.

Selfi deysizmi? Ha-ha. Shu ondayoq fotokartochkaga aylanadigan selfiga nima deysiz? Apple, eplay olasanmi buni? Ustiga-ustak, sen xomaki fotomatoda asta-sekinlik bilan tasviringning paydo bo`lishini kuzatishing mumkin edi. Buni faqat Polaroid qila olar edi.

Ushbu kameralar mashhurligining cho`qqisi 90-yillarga to`g`ri keldi, hamda sobiq ittifoq hududida bozori eng chaqqon bo`lgan Polaroid 635CL va 636 CloseUp modellarini yig`ish ham yo`lga qo`yilgan edi. Polaroidning narxi o`sha vaqtlar uchun juda qimmat edi va hamma ham unga egalik qila olmas edi.

4. Brick Game

Ushbu ro`yxatda har joyda hozir “Tetrisni” chetlab o`tish mumkinmidi? Yo`q, yo`q, ukaginam, Tinder emas, “Tetris”. Ha, to`g`ri biz uning yordamida ham bir-birimiz bilan tanishar edik, faqat bu jarayon bir oz boshqacha kechar edi.

Klassik tetris va uning boshqa turli-tuman ko`rinishlaridan tashqari Brick Gameda o`xshash mexanizmli ko`plab boshqa o`yinlar ham bor edi. Bunda qurilma ekzemplyarlari ham o`yinlar tarkibi, ham ularning soni bilan farqlanib turar edi. O`yinlar soni 9999tagacha yetishi mumkin edi.

Eng fojialisi, o`zingning eng yaxshi natijangni saqlab qo`yib, yosh bolalardek xursand bo`lib turganingda, batareykani almashtirishga to`g`ri kelar va mana shu yerda hammasi tugar edi. Natijalar o`chib ketar edi.

6. Dendy o`yin qurilmasi.

Deyarli ikki yil avval biz ushbu 90-yillar o`yinlar olamining mo`jizasi va Dendyda bo`lgan jamiki eng yaxshi o`yinlar haqida katta maqola chop etgan edik. Bu, sakkiz bitli bo`lishiga qaramasdan juda ham yorqin butun boshli bir davr.

Ko`p jihatdan Dendy o`yin industriyasining keskin rivojlanishida “aybdor”. Aytganday, ilk 8-bitli konsol YAponiyada 83-yilda paydo bo`lgan va u Nintendo Entertainmen tSystem (NES) deb nomlanar edi.

6. VHS videomagnitofoni.

Rejissyorlik fakultetida o`qib yurgan paytlarimda biz kurs ishlarini ulkan Panasonic M 3000 VHS-kameralarida suratga olar edik, keyin ikkita “vidikda” ularni montaj qilar edim. Bolalalar, tushunib turibman, men hozir ko`pchiligingiz uchun g`alati so`zlarni aytib tushunarsiz abbreviaturalarni qo`llamoqdaman, ammo fakt baribir faktligicha qoladi: 90-yillarning eng hashamdor narsasi bu kassetali videomagnitafon edi.

VHS formati JVC kompaniyasi tomonidan yaratilgan edi, aytganday, bu kompaniya videomagnitofon ishlab chiqarish bo`yicha yetakchilardan biri edi. Bunday narsaga ega bo`lish xuddi sehirli toshga egalik qilish bilan teng bo`lgani uchun biz sinfdoshimiznikida yig`ilib, arzon jangari filmlarni yuragimizni hovuchlab ko`rar edik. Bir nechta dekoder bo`lar edi: Pal Secam, Mesecam, NTSC. Sobiq ittifoq hududida bozori eng chaqqon – bu Pal tizimi bo`lar edi.

Shuningdek, “ODO”da kassetalarning katta videoprokati bo`lar edi va unda qat`iy bir qoida bor edi: kassetani topshirishdan avval uni boshiga qaytarib aylantirmadingmi – jarima to`la.

7. Peydjer

Poytaxtimizda radioning oltin davrida, biz efirni peydjersiz tasavvur qila olmasdik. U paytlar SMS bo`lmas, uyali telefonlar esa tanlanganlik alomati edi

Qo`pol qilib atyganda, ushbu devays – ilk ommaviy messendjer bo`lgan, faqat bitta farq bilan, ya`ni xabarlar vositachi orqali jo`natilar edi. Operatorga qo`ng`iroq qilasan, abonent raqamini aytasan va unga xabar jo`natasan. Operator uni yozadi va bir necha daqiqalardan so`ng sen xabar yuborgan odam unga nima yuborganingi o`qiydi.

“Prayvasi”, shaxsiy hayot, shaxsiy yozishma maxfiyligi? Xa-xa-xa! Dinozavrlarni kuldirmang. Albatta, hozirda bu aloqaning yo`l qo`yib bo`lmas usuli sifatida ko`rinishi mumkin, ammo o`sha paytlarda u pochta orqali jo`natilgan telegrammalardan yaxshiroq edi (bolalar, bu Durov yaratgan mahsulot haqida emas)

Siz hayron bo`lishingiz mumkin, ammo ilk peydjer 1956 yilda Motorola kompaniyasi tomonidan chiqarilgan ekan, to`g`ri, ulardan uzoq yillar davomida faqatgina maxsus xizmat xodimlari foydalanib kelgan.

Siz ushbu davrni eslaysizmi va qaysi gadjetsiz tura olmas edingiz?

Manba: Gagadget
Muallif: Mr.Slan