Pixel Starships - yorug`lik tezligidan sal sekinroq

AppStore
26 Noyabr 2018

Hech narsani o`ylab o`tirmang: Pixel Starships - bu onlayn-fichli bepul FTL: Faster Than Light. Agar siz biron bir sabab tufayli yuqorida nomi keltirilgan ikkinchi o`yinni o`ynab ko`rish baxtiga muyassar bo`lmagan bo`lsangiz, unda birinchisi siz uchun ushbu o`yinga kirish vazifasini o`taydi, garchi u qadar muvaffaqiyatli ko`rinishda bo`lmasa ham.

Pixel Starships o`yinining boshlanishi odatiy: siz o`z qahramoningiz tashqi ko`rinishini, uning ismini va tarixini tanlaysiz. Shundan so`ng siz yulduzlar aro sarguzashtga otlanasiz. Nazarimda bu yerda “sarguzasht” atamasi bir oz noo`rin ko`rinadi, sababi oladigan topshiriqlarning 99% dushman kemasini yoki koinotda uchib yurgan biron bir toshni yo`q qilishdan iborat bo`ladi. Kamdan kam hollarda sizga tanlov taklif etiladi, ammo o`z tajribamdan kelib chiqib, uning o`yinga ta`siri kam ekanligini aytishim mumkin.

Pixel Starships kuchli syujet bilan ham maqtana olmaydi. Topshiriqlar haqiqatda ham syujetli, ham takrorlanadiganlariga bo`linadi. Syujetlilari hattoki allaqanday qissani ham hikoya qiladi, biroq ulardagi vazifalarning bir xilligi, hamda senariyning yo`qligidan bizning shovvoz kapitanimiz tarixini ichingizdan his etish bir oz murakkab tuyuladi.

Pixel Starships o`yinining yirik qismi sifatida kemani tashkil etish va takomillashtirish sanaladi. Olingan resurslar (ular hoh tunab, hoh sabr bilan olingan bo`lsin) hisobiga siz, har biri alohida funksiyaga ega xonalarni xarid qilishingizga to`g`ri keladi. Samaradorlikni nazorat qilish uchun reaktorlar tomonidan ishlab chiqariladigan quvvat ishlatiladi.

Shu yerni o`zida biz bir necha muammolarga duch kelamiz. Birinchidan, o`yinning boshlang`ich bosqichlarida janglar, siz uchun yovning reaktorlarini yo`q qilish uchun qancha vaqt kerak bo`lsa, shuncha davom etadi. Ular saviyasining pastligi tufayli tez ishdan chiqadi, hamda oqibatda raqib kemasi raqamli befoyda metall uyumiga aylanadi. Ikkinchidan, xonalar apgreydini o`rnatish juda ko`p vaqtni olishi mumkin, xonalarning takomillashish paytida faoliyat ko`rsatmasligini inobatga olsak, odatda ushbu vaqt oralig`ida siz topshiriqlarni bajar olmaysiz va janglarda ham ishtirok eta olmaysiz.

Ikkinchi muammo uchinchisi bilan chuqurlashadi: siz o`z kemangizni bir vaqtning o`zida yaxshilash loyihalari bilan cheklangansiz. Bu, qo`mondonlik qilishning eng boshida siz faqat ikkita xonani qurish va yaxshilashingiz mumkin demakdir. Albatta, ushbu raqamni oshirish mumkin, faqat bir qancha miqdordagi mukofot valyutasini sarf qilish evaziga.

Albatta, Pixel Starships o`yinining eng muhim qismi bu janglardir. Ular nihoyatda qiziqarli, yaxshi ishlab chiqilgan, hamda amaliyot va o`yin tajribasini talab etadi. Ming afsuski, o`yinda qanday rejim tanlangan bo`lishidan qat`iy nazar ular ko`pincha yoki juda sodda, yoki juda murakkab bo`ladi. Syujetli o`yinlarda, agar siz kemangizni takomilllashtirishni o`z vaqtida amalga oshirmagan bo`lsangiz, raqibning murakkablik darajasi tez va keskin ortadi. PvP rejimida bo`lsa hammasi raqibingizning takomillashish darajasiga bog`liq, uning malakasi esa ahamiyatsiz, axir bu payt ular uchun sun`iy intellekt o`ynaydi. Aytgancha, uni sozlash mumkin va har bir o`yinchi “uchuvchisiz” rejimda kema va ekipaj o`zini qanday tutishi kerakligni o`zi belgilashi mumkin. Ammo, hammada onlayn-gaydlardan olingan bir hil sozlamalar o`rnatilgani uchun, jangdan-jangga katta xilma-xillikka umid qilmasangiz ham bo`ladi.

Ekipaj haqida bir og`iz. O`z bosh qahramonidan tashqari kemaga har biri o`z xarakteristikasiga ega boshqa qahramonlarni yollash va jalb etish mumkin. Ularning ta`riflarida keltirilgan ko`plab raqamlarga qaramasdan, Pixel Starships o`yinida odamlar, kelgindilar va droidlar ko`pincha kemaning shikastlangan bo`linmalarini o`z vaqtida ta`mirlash uchun zarur bo`ladi.

Pixel Starships - ochiqchasiga FTL o`yinidan ilholmlangan qiziqarli o`yin. Biroq, juda chuqur va qiziqarli, sodda va shiddatli, hamda soatlab uning ichiga sho`ng`ib ketib, yillar o`tib bo`lsa ham qaytib kelish mumkin bo`lgan FTL o`yinidan farqli o`laroq, u – shartli bepullik va onlayn-monetizatsiya bilan yuklangan bo`lib, ular qurilishlarni uzoqdan-uzoq kutish kerakligini va o`yinning boshqa muhim jihatlaridagi noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bularning bari ishlab chiquvchilarning qo`shimcha daromad olishlari uchun, albatta. Unga keraksiz bo`lgan ko`p raqamlarning mavjudligi ham yordam bermaydi, jangdagi noqulay boshqaruv va real vaqtdagi janglarning yo`qligi ham katta kamchilik. Ishlab chiquvchilarning g`oyasi uchun katta plyus qo`yging keladiyu, ammo g`oyani amalga oshirish uchun esa, kechirasizu, nari borsa 5dan 3 qo`yish mumkin.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
Savy Soda
Janr
Стратегия
Versiya
0.902
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror