Ford o`zi boshqariladigan avtomobillarni taqdim etdi.

Yangiliklar Maqolalar
16 Noyabr 2018

Chorshanba kuni Ford o`zi boshqariladigan avtomobillarni sinovdan o`tkazishda kompaniya naqadar chuqurlashganini namoyish etish uchun amerikalik jurnalistlarni Mayamiga taklif etdi. Ammo, bosh messadj ushbu avtokonsernning texnologiyalari foydalanish uchun tayyor ekanidan, biznes-model uzluksiz ishlayotganidan, kelajak bo`lsa biz tasavvur qilganimizdanda yorqinroq ekanidan iborat edi.

Ford innovasiyalar haqida bu qadar hayqirib xitob qilayotgani hayratlanarli emas. Kompaniya foydasi shiddat bilan tushib bormoqda, kredit reytingi keskin pasaygan bo`lib, bular konsernni Waymo va General Motorsdan ancha ortda qolishiga sabab bo`lmoqda. Ustiga-ustak, ushbu o`zi boshqariladigan avtomobilni 2021 yilda chiqarish uchun Ford va Volkwagenning birlashishi haqida ham mish-mishlar yuribdi.

Lekin, shunga qaramay, kompaniya top-menedjerlari nihoyatda qulay, mobil va “janrning barcha qonunlariga muvofiq” jihozlangan o`zi boshqariladigan avtmobil haqida va`da berishmoqda. Ford yil oxiriga kelib yuzlab bunday mashinalarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishini, hamda rul va pedallarsiz bo`lgan avtomobil ustida ishlayotganini ta`kidlamoqda.

“Kim nima desa desinu, ammo mashinadagi sayr ajoyib bo`ldi”

- deb o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashmoqda The Verge sharhlovchisi.

Fordning o`zi boshqariladigan avtomobillari yengil manyovr qila oladi, yo`l harakatining o`nlab murakkab “senariylarini” muammosiz bartaraf etadi, xavfli burilishlar, qurilish zonalari, tor yo`llar va yuk avtomobillarini ideal ravishda aniqlay oladi. Katta truck chang ko`targanida avtomobil shu ondayoq vaziyatga moslashib, tezlikni pasaytirdi.

O`tgan yili Ford startapiga 1 milliard dollar miqdorida investisiya kiritgan Argo AI bosh direktori Brayan Prodaksning e`tirof etishicha, chang-to`zonga qarshi himoya tajribasi to`g`ri bo`lib chiqdi. Bir milliard dollar uchun juda ham aniq javob emas, to`g`rimi?

Baribir ham, sinov yurishi – bu har holda katta tomosha, amaliyot emas. Salonni suratga olish taqiqilangan edi, sababi interyer dizayni hali to`liq ishlanmagan ekan. Eng muhimi, jurnalistlar marshrut tanlash bo`yicha cheklangan bo`lib, o`z-o`zidan harakatlana olishmagan.

Biz tayyor avtomobil bilan ko`rishib turganimiz bo`rttirma emas, ayni haqiqat ekanini tushunib yetishimiz uchun Ford hali uni ustida ko`p ishlashiga to`g`ri keladi va 2021 yilda bizlarni o`zini boshqara oladigan to`laqonli mo`jiza kutib turganiga ishonamiz va umid qilib qolamiz.

Ushbu optimistik o`y-hayollar bilan avtomobilimga yoqilg`i quyishga ketyapman. Aytishlaricha, 91-benzinni bugun 4 500 so`mga quyishayotgan ekan.

Manba: The Verge
Muallif: Mr.Slan