Chezz – poygali shaxmat

AppStore
13 Noyabr 2018

Shaxmat – ming yillik tarixga ega o`yin. Odatda har bir o`yin uzoq fikrlash jarayoni bilan bog`liq bo`ladi, ammo unda ham shoshilishga to`g`ri keladi, axir o`ylash uchun vaqt cheklangan bo`ladi. Agar o`yinchilarda o`ylash uchun umuman vaqt bo`lmasdan, hamda raqib yurishlariga shu ondayoq javob qaytarish talab etilganidachi?

Chezz sizga tezkor shaxmatda o`zingizni sinab ko`rish imkonini beradi. Bu yerda nafaqat chuqur o`ylangan yurishlar, balki tezkorlik ham talab etiladi. Shuningdek, ketma-ketlik tizimi bu yerda yo'q: o`yinchilar istalgan damda harakat qilishlari mumkin. Bir sipohni surganingizdan so`ng, uni yana bir bor surish uchun bir oz kutib turish kerak bo`ladi. O`yindagi shiddat doimo mavjud bo`lib turadi. U ayniqsa sizning farzin kuldaun holatida bo`lib qolib, unga qarab raqib fili haraktalanayotganida ortadi.

Chezz o`yinidagi vazifa va asos xuddi asl shaxmatdagi kabi: sipohlar ma`lum qoidalar bo`yicha yurishadi, hamda g`alaba qozonish uchun dushman shohiga qadar yetib borish kerak. Ammo, o`yindagi yuqori shiddat sababli, shaxmatning klassik ko`rinishidagi hisob-kitob va e`tiborga qo`yiladigan talab bir necha marotaba ortadi. Dushman himoyasidagi raxnani qo`ldan boy bermaslik, o`zinikini esa o`z vaqtida yopish uchun, deyarli har soniyada o`yin taxtasini tekshirib turish kerak bo`ladi.

Chezz o`yini asoslarini o`zlashtirib oldim deb turganingizda, o`yin sizga olovning ustida turib qolgan sipohlaringizni yondirib yuboradigan o`zining yangi “fishkalarini” taqdim etadi. Albatta, bunday elementlar o`yinni o`tishni murakkablashtiradi, ayniqsa bosqichda vaqt bo`yicha cheklov mavjud bo`lsa. Bunda partiya pazlning bir ko`rinishiga aylanib qoladi va unda nafaqat yechim topish, balki boshingizga biron bir og`ir narsadan kaltak yemaslik (masalan otdan) ham kerak bo`ladi.

O`yinda uch rejim mavjud: o`rganish, sarguzasht va PvP. Birnchisining nima ekanligini nomining o`zi aytib turibdi. Sarguzasht rejimida sizga doimo o`zgarib turadigan shart-sharoitlarda sun`iy intellekt bilan kurashish taklif etiladi. Onlayn rejim ham o`zingizni boshqa o`yinchilar bilan janglarda sinab ko`rish imkonini beradi.

Chezz klassik o`yinga nisbatan bo`lgan qiziqarliroq va maroqliroq yangi qarashni taklif etadi. Hattoki siz shaxmatni yoqtirmasangiz ham (menga o`xshab), o`zingizni ushbu zavqli va bepul o`yinda sinab ko`rishingizni tavsiya qilaman.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
QuickByte Games
Janr
Настольная
Versiya
1.9.1
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror