2019 yilning yangi Captivasi taqdim etildi.

Yangiliklar Maqolalar
12 Noyabr 2018

Yaqindagina biz ushbu modelning O`zbekistonda ishlab chiqarilishi tugagani va biz uni boshqa ko`rmasligimiz sabab xomush tortgan edik. Avstraliya va Koreyada esa “Kaptos” o`rnini Chevrolet Equinox bosdi. Barcha ushbu mashina bilan xayrlashib ham bo`lgan edi, ammo kutilmaganda krossoverning ikinchi avlodi Kolumbiyada taqdim etildi.

Ana xolos, deb aytarsiz va bunda haq bo`lasiz ham. Aslida, yangi Captiva – bu o`z vatani Xitoyda ilk bor bir yil oldin chiqqan Baojun 530ning beyj-injiniring natijasidir. Bu Xitoyning budjet avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisosolashgan SAIC kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan qo`shma loyihadir.

Yangi Captivaning “donor”-modeli shunday ko`rinishga ega

Yangi Captivaning “xitoylikdan” farqi faqat emblema va radiator panjarasidadir. Model 5 yoki 8 o`ringa mo`ljallangan salon, atigi 1,5 l sig`imli (ochig`i, juda ham kam) va 147 ot kuchiga ega benzinli turbomotor bilan jihozlangan. Uzatmasi – oldingi, shuningdek, mexanik uzatmalar korobkasi va ikki sepleniyali olti pog`onali “robot” varianti ham bor.

Qo`shimcha “qiy-chuv”lardan: orqani ko`rish kamerasi, old o`rindiqlarining elektr uzatmasi va manzarali tom bor.

Kolumbiyada avtomobil kelgusi yildan sotila boshlaydi. O`z o`rnida General Motors sotishning kelgusidagi istiqbollari haqida hech narsa demayapti, ammo Captivaning bizda ham “qayta tug`ilishi” ehtimolini inkor etish ham kerak emas.

Manba: Autoreview
Muallif: Mr.Slan