Facebook Portalning nimasi yomon?

Yangiliklar Maqolalar
09 Noyabr 2018

“Kutilayotgan ixlos qaytishi”

- shunday deb, ushbu gadjetga taniqli sharhlovchi Dan Seifert o`z revyusida tavsif bermoqda. Ma`luomtlar maxfiyligi bilan bog`liq va bir yil davom etgan mojarodan so`ng, Facebook tomonidan chiqarilgan yangi devaysga nisbatan odamlar tomonidan bo`lgan ilk munosabat ishonqiramaslikdan to nafratgacha bo`ldi. Biz uning, Sukerbergning suddagi yuz ifodasiga uxshagan bema`ni gadjet haqidagi sharhidan olingan eng mazmunli parchalaridan keltiramiz.

199 dollarlik Portal va 349 dollarlik Portal Plus modellari – ushbu turkumning aqlli displeylarining birinchilaridan emas, Amazon va Googleda bundaylari allaqachon mavjud. Lekin, masalan Amazon Echo Show intellektual uy gadjetlarini boshqarishdan to videoni yoqishgacha bo`lgan bir qator vazifalarni bajarish uchun mo`ljallanagan bo`lsa, Portal esa atigi yagona yo`nalishga ega: Facebook Messenger foydalanuvchilariga Facebook Messenger orqali videoqo`ng`iroqlarni amalga oshirish. E`tirof etish joizki, devays qo`ng`iroqni a`lo darajada amalga oshiradi, aloqa ham ajoyib, Portal yordamidagi videokonferensiya smartfon yoki planshetdagiga nisbatan bir necha chandon yaxshi o`tadi, biroq Facebook bizga uni universal smart-displey sifatida “sotmoqda”, bu yerda esa har tarflama ortda qolmoqda.

2018-yildagi videotelefon, u sizga qay darajada kerak?

Bundan tashqari, Facebook kameralarini o`z uyida ulab qo`yish g`oyasining o`zidan haqiqatda noqulaylik hissi kelib chiqmoqda. Hazilmi bu? Millionlab foydalanuvchilarning ma`lumotlarining tarmoqqa “oqib ketishi” hali ham xotiramizda, ular bo`lsa ushbu opsiyani taklif qilishyaptimi? Gap yo`q!

Ikkala model ham bitta kamera va mikrofon tizimini qo`llaydi: to`rt millimetrli massiv va sakkiz karra zumlik 12 MPlik kamera. Bular tufayli, Portal sizni qaysi xonada bo`lishingizdan qat`iy nazar ko`radi va eshita oladi.

Videokonferensiyalar bo`yicha ajoyib taklifdan tashqari, devaysning funksionalligi juda cheklangan. Portal sizning Facebookdagi akkauntingiz suratlarini ko`rsata oladi, Spotify, Pandora yoki iHeartRadiodan musiqa translyatsiya qilib beradi. Shu bilan tamom, vassalom. Devaysning servislar bilan ulanishi juda ham cheklangan, bundan tashqari, Portal bilan o`zaro bog`liq bo`lgan Food Network videoroliklarni 4:3 formatida, displeyni to`liq to`ldirmasdan ko`rishni taklif etadi. YouTube bilan ishlay oladigan brauzer beso`naqay ko`rinishga ega bo`lib, odamni asabiga tegadi.

Sizga hali ham Portalning nimasi yomonligi qiziqmi? Javobi qisqa: barchasi!, Ha, mayli, deyarli barchasi.

Manba: The Verge