Buklama smartfonlar davri.

Yangiliklar Maqolalar
09 Noyabr 2018


“Samsung taqdim etgan narsa – buklama smartfonlar davrini boshlab bermoqda”

– deb hisoblamoqda The Verge nashriyoti.

Samsung eng dadil, hattoki tasavvur qilib bo`lmas g`oyalarni ro`yobga chiqarmoqda. Avvalroq yozganimizdek, Janubiy Koreya kompaniyasi o`zining yangi In_nity Flex Display deb nomlangan displeyini namoyish etgan edi, biz ko`pni ko`rgan bo`lishmimzga qaramasdan, yangi bir narsaning paydo bo`lishiga har kuni ham guvoh bo`lavermaydi kishi, bu aynan o`sha, ko`p sonli bo`lmagan voqealardan biri edi. Aytishlaricha, ushbu texnologiya 2019 yildayoq joriy qilinadi.

Texnik jihatdan olib qaraganda, Samsung o`zining buklama smartfonini yaratish uchun ikkita mustaqil displeydan foydalanadi, ularning biri ichida, kichik hajmli displey esa tashqarisida bo`ladi. Samsungning ichki displeyi – 7,3 dyuym bo`lib, u ikkiga bukiladi va bu old panelda joylashgan ikkinchi displeyni ochish imkonini beradi. “Qopqoqli displey” smartfon interfeysi sifatida namoyon bo`lib, 4,58 dyuym hajmga ega bo`ladi.

Displeylarning bunday uyg`unligi, biz tez orada, balki bir yildan so`ng, buklama devayslardan nimalarni kutishimiz mumkinligi haqida dalolat beradi.

Ko`pchilikda Samsung qanday qilib shishani buka olgan degan savol paydo bo`ldi, axir u umuman bukiluvchan emasku. Javob kutilganidanda chuqurroq joylashgan. Buning uchun kompaniyaga yangi himoya materiallarni ishlab chiqishga to`g`ri keldi. Masalan, Samsungning so`zlariga qaraganda In_nity Flex displeyida, “bir vaqtning o`zida ham qattiq ham egiluvchan” va “yuz ming marta” ochilib yopilganda ham o`z kuchini saqlab qola oladigan polimer qo`llaniladi. Shunga qaramay, bu umuman shisha emas va biz bunday yangilikka hozircha ko`nikish hosil qilmaganmiz uchun yakuniy natija qanday bo`lishini hali bilmaymiz.



Manba: The Verge
Muallif: Mr.Slan