MacBook Air va iPad Pro. Applening kelajagimi, yoki o`tmishi?

Yangiliklar Maqolalar
01 Noyabr 2018

Bu haqida The Vergedagi Vlad Savov mulohaza yuritmoqda. Mutaxassis-tahlilchining maqolasidan olingan eng qiziq dalil va izohlarni chop etmoqdamiz.

“Yangi Air oldindan kutilgan senariy bo`yicha chiqarildi. Uning kuchli tomonlari ma`lum: uzoq xizmat qilishi, sifatli bajarilganligi va macOS operasion tizimini eng jozibador qiluvchi barcha zo`r “fichalar”. Bir yil oldin, Windowsda ishlashga harakat qilib ko`rganimda, men baribir Apple taklif etayotgan o`sha sifatli his tuyg`ularni ololmadim. Qo`shimchasiga, kim nima deyishidan qat`iy nazar, Windowsda ishlaydigan noutbuklar o`z avtonomligi bilan meni qoniqtira olmadi, lekin MacBook Air 2018 yaratuvchilari avtonom rejimda 12 soat ishlash mumkinligiga va`da berishmoqda.

O`z o`rnida iPad Pro, agar istasangiz – shubhali tanlov. Uning ajoyib taqdim etilganiga qaramasdan, men uning qay darajada universal ekanini oxirigacha tushunib yetmayapman. Lekin, shunga qaramay, iPad Proda meni o`ziga ayniqsa tortgan narsalar ham bor, bular: displey, True Tone, Apple Pencil 2.

Apple MacBook Airning so`nggi yangilanishidan o`tgan yillar mobaynida, men vazifalarning ko`p qismini smartfonda bajarayotganimni anglab yetdim, leptop bo`lsa umuman ikkinchi o`ringa tushib qoldi. Noutbuk haqida esa, faqatgina to`laqonli klaviatura kerak bo`lib qolganida eslar edim xolos. Bu holat evolyusiyaning navbatdagi tabiiy pog`onasi sifatida qabul qilinar edi, lekin endi barchasi o`z iziga qaytishi mumkin.

Va nihoyat, eng muhimi. Bugungi kunda eng yaxshi ilovalar iPhone uchun ishlab chiqilmoqda. Kompaniya iOSni “boqib” kuchli qilmoqda, lekin shu paytning o`zida macOS Applening o`tmishdagi operasion tizimiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, endi barchasi o`zgacha bo`ladi. Yozuvchi sifatida men iA Writerdan rohatlanaman, suratkash sifatida iPad Pro uchun to`laqonli Photoshop paydo bo`lganidan ilhomlanmoqdaman, lekin professional bo`lmagan geymer sifatida baribir iOSni afzal bilaman.

Taqdimotdan so`ng meni ko`plab savollar qiynamoqda: nimani tanlasam ekan, tanish va ishonchli noutbukmi, yoki devaysim men bilan birga rivojlanishini xohlaymanmi? Bu safar Apple, “kompaniya mahsulotlari portfelidan nimani tanlasam ekan” degan bosh savol ayniqsa keskin tus olishi bilan atayin foydalanuvchilarni diqqatini oshirishni rejalashtirgan shekilli. Bu qandaydir yangi strategiya va men unga qanday munosabat bildirshni hozircha bilmayman.”

Manba: The Verge
Muallif: Mr.Slan