Mac mini 2018: Afsonaning qaytishi.

Yangiliklar Maqolalar
31 Oktyabr 2018

Shaxsan men ushbu devaysni doim kichik bir san`at asari deb bilar edim. Ixcham, zamonaviy, ish uchun mukammal mos tushuvchi.

Gadjetning mitti o`lchamlari aslo uning zaifligi haqida dalolat bermaydi, zero ushbu “kamtarin tanada” katta kuch jam bo`lgan. Yangilangan mini, 6-yadrolik 8-avlod Intel Core protsessorli modifikatsiyada taqdim etilgan. Bundan tashqari, yangi mahsulot avvalgi modelidan besh barobar tezroq ishlaydi.

Tezkor xotira ham ancha xursand qildi. Maksimal darajadagisi 64 GBni tashkil etadi. SSD ham to`rt barobarga tezlashibdi. Bir so`z bilan – bugungi kunda Mac mini – juda ham kuchli va zo`r kompyuter.

Yana nima? To`rtta USB Type-C porti, lekin ikkita klassk USB A ham o`z joyida, HDMI 2.0 va 3,5lik jek bor.

Kompyuterning bazaviy ko`rinishi 799$ga tushadi.

Manba: The Verge
Muallif: Mr.Slan