Tanks A Lot - tanklar marshda

AppStore
13 Oktyabr 2018

Ko`p foydalanuvchili o`yinlar juda serob, lekin ularning juda ham kam qismigina o`yindan bahra olish imkoniyatini beradi – bu uchun ishlab chiquvchilarga alohida rahmat. Aksar o`yinlar boshida bizni o`zining bepul “kulchalari” bilan rom etadida, bir soat o`tar-o`tmas siz bu o`yinning bir pulga qimmat ekanini va asl narsalar real pul turishini tushunib yetasiz. Biroq, yaqinda men, monetizatsiyaning klassik uslublari va o`yinchilarni to`g`ri rag`batlantirish yo`lga qo`yilgan, hamda ularni o`yinda o`tkazgan vaqtlari uchun mukofotlaydigan bir o`yinga duch kelib qoldim. Bularni barini qiziqarli o`yin jarayoni va sifatli bezak bilan jamlang va sizda Tanks A Lot hosil bo`ladi.

Tanks A Lot – bir necha o`yin rejimlari mavjud, tanklar haqidagi ko`p foydalanuvchili ekshendir. O`yinning eng muhim o`ziga hosliklaridan biri – bu minora, asos va o`z tankingiz qo`mondonini o`z o`yin uslubingizga mos ravishda tanlash imokniyatining mavjudligidadir.

Tanks A Lot o`yinida jamoaviy o`yinga katta rol ajratilgan. Amaldagi 4 rejimdan 3tasida g`alaba qozonish uchun belgilangan amallarni bajarish maqsadida uch o`yinchidan (tankdan?) iborat jamaoga yig`iladi, rejimlarning faqatgina bittasida, ya'ni “Shohona jangda” har bir o`yinchi o`zi uchun o`zi o`ynaydi.

Jamoaviy o`yin rejimlari – bular klassik “Tankbol” va “Resurslar uchun jang” – uyg`unlashgan jamoaviy o`yinni ko`zda tutadi. Ularning yaqqol o`xshashligiga qaramasdan (axir sizga ularning barchasida raqiblar tanklarini yo`q qilishga to`g`ri keladi), ulardagi g`alaba uchun imkoniyatlar o`yinning umumiy taktikasini keskin o`zgartiradi, ayniqsa MVP bo`lishni istagandar uchun.

O`yin rejimlarida rotatsiya mavjud bo`lib, bir vaqtning o`zida siz uchun ularning ikkitasi muntazir bo`ladi, qo`shimchasiga mavjud bo`lganlarning bittasi turnirdagi o`yin uchun foydalaniladi. Aytgancha, turnir rejimi o`yinchilarga jadvaldagi o’rinlar va hafta davomida yaxshigina mukofotlar uchun bellashish imkoniyatini yaratadi. Turnirdagi o`yin uchun ishlab oladigan ochkolaringiz, sizning o`yiningiz va sheriklaringiz bilan uyg`unlasha olish (agar siz jamoaviy rejimda o`ynasangiz) qobiliyatingizga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`ladi.

Afsuski, hozircha o`yinni do`stlaringiz bilan birga o`ynash imkoniyati mavjud emas, lekin, ishlab chiquvchilar ushbu fich qo`shilgan yangilanishni chiqarishga tayyorlanishmoqda. Agar siz, Tanks A Lot o`yinini tez-tez o`ynab turishni rejalashtirayotgan bo`lsangiz, unda sizga bu ishga bir nechta do`stlaringizni jalb etish yoki tarmoqda sheriklar topishingizni maslahat beraman, sababi aynan ushbu fichning paydo bo`lishi bilan jamoaviy o`yindagi yakkahon o`yin ancha murakkablashadi.

O`yindagi iqtisodiyot lut-bokslarga (kim ularni o`ylab topdi o`zi) asoslangan bo`lsada, o`yin, faol ishtirok va sifatli o`yinni rag`batlantiradi. Shunday qilib, har kuni istalgan rejimdagi 10ta g`alaba uchun katta hajmdagi qartalar bilan to`la sandiqni olishingiz mumkin, “Eng zo`r o`yinchi” 20ta medali uchun esa ularni bir uyumini qo`lga kiritish mumkin. Ishlab topilgan barcha qartalar oltin bilan birgalikda, o`z-o`zidan mashina elementlarini apgreyd qilish uchun sarflanadi. Qo`shimchasiga, sizga har kunlik kvestlarni ham bajarishga to`g`ri keladi – albatta salmoqli mukofotlar evaziga.

O`yin ancha yorqin ranglarda bezatilgan bo`lib, bu o`z o`rnida o`yinga multiksimonlik va arkadalikni bag`ishlab turadi. Bunday uslub ekrandagi katta hajmdagi ekshen va umuman geympleyga juda mos tushadi. Tovush effektlari – musiqadan tortib to zanjir tasmasining shovqinigacha ham ancha xursand qiladi.

Yakunda men, Tanks A Lot o`yinining har bir jihatidan juda katta zavq olganimni aytishim mumkin. Agar siz tanklarni, ekshen va/yoki yaxshi o`yinlarni xush ko`rsangiz, unda Tanks A Lot o`yinini bepul yuklab oling.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
BoomBit, Inc.
Janr
Экшн
Versiya
1.30
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror