Fist of Truth – qartadagi qo`l janglari

AppStore
06 Oktyabr 2018

Bugun men sizlarga bir qarta o`yini haqida so`zlab bermoqchiman. Ha, to`g`ri, bunday o`yinlar hozir juda ham ko`payib ketgan, lekin baxtimizga ularning ko`pchiligi, Hearthstone o`yining yomon nusxasi bo`lmasdan, balki ushbu janrga o`ziga hosliklarni olib kirmoqda.

Fist of Truth yoki Haqiqat mushtlari – kolleksion qarta o`yini (KQO`) elmentlari mavjud bo`lgan taktik o`yin. Istalgan boshqa o`yinda bo`lgani kabi, bu yerda ham asosiy vazifa – bu raqibingizni u sizni o`ldirguniga qadar uni tezroq o`ldirishdan iborat.

Ushbu o`yindagi jang maydoni sifatida 9 pozitsiyaga bo`lingan va har birida turli yunitlar joylashgan “mushtlar” bo`ladi. Qartalar o`yinga tushganidan so`ng, mushtlar birlashadi va bevosita jang boshlanadi: afsunlar qo`llaniladi, mavjudotlar jangga kirishib bir-biri bilan urishadilar.

Haqiqat mushtlarida amallar tartibini esda tutish juda ham muhim. Masalan, barcha qobiliyatlar o`ngdan chapga va tepadan pastga qarab qo`llaniladi. Mavjudotlarning hujum qilish tartibi ham xuddi shunday. Bunda, jangdan oldin yoki keyin faollashadigan qobiliyatlar va bevosita ma`lum bir mavjudotning hujumi oldidan yoki keyin ham ishga tushadigan qobiliyatlar bor. Amallarning aniq ketma-ketligi sabab, o`yinda taktik chuqurlik paydo bo`ladi, hamda shu paytning o`zida o`yin, tajribasiz (biroq e`tiborli) o`yinchilarning o`zlashtirishlari uchun oson bo`lib qolaveradi.

Meni, qartalar va mavjudotlar egalik qilayotgan qobiliyatlarining xilma-xilligi xursand qildi. Muvozanat bo`yicha kamchiliklar uchrab turadi, lekin ulardan bironta bir KQO` mustasno emas. Baxtimizga, Haqiqat mushtlari yangi o`yinchilar uchun ancha qulay bo`lib, kampaniya rejimida qulay o`yin uchun zarur bo`lgan qartalarning katta qismini ochish mumkin, yetmayotgan va eng noyob qartalarni esa o`yin ichidagi valyuta evaziga sotib olingan busterlarda topish mumkin.

Biroq, bu yerda o`yinga o`rgatish bir oz no`noq: hatto-ki boshlang`ich qartalar va asosiy qobiliyatlarni ham o`zingiz o`rganishingiz kerak bo`ladi. Boshida, kombinatsiya va bog`lamlarni yaratish uchun kerak bo`lgan salmoqli kolodaning qo`l ostingizda bo`lmasligini inobatga olsak, bu holda “qayta yig`ish” tugmasi juda ham katta ko`mak beradi, zero uning yordamida zaif qartalarni to`plamingizdagi eng yaxshilariga almashtirishingiz mumkin.

O`yinda bir foydalanuvchili kontent ko`p bo`lib, shuningdek qarta to`plamingiz kuchidan kelib chiqan holda “o`yinchiga qarshi o`yinchi” rejimi ham bor. Bunday yondashuv, yangi o`yinchilarning ular uchun yoqimsiz bo`lgan kuchli va muvozantga ega qarta to`plamlari bor tajribali o`yinchilar bilan to`qnash kelib qolishini oldini oladi va bu bilan ularning rivojlanishlariga halaqit qilmaydi. Har zamonda bir turli shartlarga ega turli voqealar ham bo`lib turadi.

O`yinning uncha katta bo`lmagan kamchiligi, har holda uning bir foydalanuvchili qismida mavjud bo`lgan – quvvat tizimining ishlatilishidir.Umuman olganda, bu u qadar ham xalaqit bermaydi, sababi siz har doim boshqa o`yinchilar bilan cheklovlarsiz jang qilishingiz mumkin, lekin, o`yinning boshida qartalar to`plamini yig`ib olishda bir oz xalaqit qiladi.

Natijada - Haqiqat mushtlari taktik-qarta o`yini sifatida qiziq yondashuvni tashkil etadi. Uning katta yutug`i – bu istalgan toifa o`yinchilar uchun mavjudligidir. Shunday qilib, agar siz o`zingiz uchun yangi va qiziqarli KQO` qidirayotgan bo`lsangiz – unda marhamat, sinab ko`ring va bahra oling.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
Min Chen
Janr
Карточные
Versiya
2.2.0
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror