Dancing Ballz – barmoq uchidagi musiqa

AppStore
05 Oktyabr 2018

Yaxshi musiqani hamma xush ko`radi, lekin odamlarda “yaxshi” musiqa haqida tasavvur turli bo`ladi. Kimdir murakkab tovushlarni xush ko`radi, kim uchindir ohang muhim, yana kim uchundir so`zlarsiz bo`lgan masiqa qiymatga ega emas. Bugun men sizlarga musiqa tovushi bosh rolni o`ynaydigan o`yin haqida so`zlab bermoqchiman.

Dancing Ballz – musiqali arkada bo`lib, sizga bu o`yinda tezlik va ritmni his etish asqatadi. O`yinning maqsadi – qahramonning yo`lakdan tushib ketishni oldini olish uchun o`z vaqtida uni burilib sakratish kerak va buni, musiqaga mos ravishda ekranni bosish orqali amalga oshirishdan iborat. O`yinda elektron musiqa qo`llaniladi, aytish joizki musiqa juda ham sifatli.

Umuman, ushbu yaratuvchilari bo`lmish Amanotes, musiqali o`yinlarda ixtisoslanadi, masalan Magic Tiles o`yinlar seriyasi ko`plab muxlislarga ega. Dancing Ballz ham ancha muvaffaqiyatli chiqqan, bunga sabab esa, ishlab chiquvchilar tovushlar atrofida o`yinni yaratishar ekan, uning vizual jihatini ham unutishmagan.

O`yin har biri o`z asariga ega bosqichlarga bo`linadi. Navbatdagi bosqichni ochish uchun avvalgisida juda bo`lmaganda 2ta yulduz olish kerak. Ba'zi bir bosqichlarga reklamani tomosha qilgan holda vaqtinchalik kirib turish mumkin, nazarimda bu narsa bitta bosqichda qotib qolib bitta navoni qayta-qayta tinglashdan charchaganlar uchun bo`lsa kerak. Yulduzlar, yangi bosqichlardan tashqari qahramoningiz uchun yangi ko`rinishlarni ham ochadi.

Dancing Ballz jonlar tizimini qo`llaydi – ular bosqichlarni o`tishda sarf qilinadi va vaqt o`tishi bilan tiklanadi. Vaqti-vaqti bilan bu narsa toqatni toq qiladi, lekin o`yin sizning devaysingizda “vaqt o`ldiruvchi” sifatida qolishini hisobga olsak, bunga chidasa bo`ladi. Bundan tashqari, o`yinda ba'zida “Baxtli soatlar” ham bo`lib turadi va ular paytida o`yinni ko`ngil tusaganchalik o`nasa bo`ladi.

Jiddiy kamchiliklardan biri – bu o`yindagi bosqichlarni yuklash uchun internetga ulanishni talab etilishidir, reklama roliklari bo`lsa deyarli har bir urinish so`ngida paydo bo`lib chiqib keladi. Bugungi kunda ikkala kamchilik ham bepul mobil o`yinlar orasida mashhurdir. O`yindagi reklamani o`chirish mumkin, real pulni to`lagan holda, albatta.

Soddagina geympleyga qaramasdan, o`yinga qaytging kelaveradi. To`g`ri, oqshomlari bu o`yinga yopishib olmaysiz, albatta – u bu qadar chuqur va qiziqarli emas – lekin vaqti-vaqti bilan unga kirib, musiqa tinglagan holda ekranni bir pas “tappilatish” mumkin. Shunday qilib, men ushbu o`yinni sizga tavsiya etaman, ayniqsa, agar sizga EDM yoqqan bo`lsa.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
Amanotes
Janr
Музыкальная
Versiya
1.4.4
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror