Cube Escape: Paradox - smatrfoningizdagi kvestrum

AppStore
28 Sentyabr 2018

Cube Escape o’yini nimaga o’xshash ekanini Paradox o’yinlar seriyasining so’nggi o’yini misolida tushuntirib beraman. Paradox o’yinida siz o’zingizga noma'lum joyda xushiga kelgan, yarador hamda ruhlar va xotiralar ta'qibi ostidagi detektiv rolini olishingiz kerak bo’ladi. Sizni vazifangiz – belgilar, tushlar, g’alati manzaralar va qotillik ishlaridan jam bo’lgan boshqotirmani bir butunga yig’ishdan iborat, bu – eng murakkab tuzoqdan chiqib ketish uchun kerak, tuzoq esa – tafakkurda.

O’yin qiziqarli grafika uslubida bajarilgan: deyarli multiksimon bo’lsada, biroq ancha g’amgin va qorong’u. Umuman olganda Cube Escape g’amgin hikoyalarni so’zlab beradi, shuning uchun ham bu o’yinda faqat bir narsaga – ozodlikka xursand bo’lish mumkin. Shuning uchun ham bu o’yinda nafaqat qiziqarli boshqotirmalar, balki bir oz vahimali psixodeliya ta'siriga ham tayyor turing.

Paradoxda seriyaning barcha o’yinlari aro o’tadigan syujet mavjud. Tushunishimcha, agar barcha o’inlarni oxiriga qadar to’g’ri ketma-ketlikda o’tib bo’linsa, shundagina sodir bo’layotgan xodisalar va alohida qahramonlarning hatti-xarakatlarini izohlasa bo’ladi. Bunda, agar siz kelib chiqish sabablari va oqibatlar o’rtasidagi bog’liqliklar ustida bosh qotirishni istamasangiz, unda chuqurlashmagan holda o’yinni o’tib borishingiz mumkin.

Shaxsan meni xursand qilgani – bu o’yinda mantiqsiz va juda ham chigallashtirib yuborilgan topishmoqlarning yo’qligidir. Haqiqatga tik boqaylik: odatda point-and-click kvestlari va boshqa boshqotirma o’yinlar shunday pazllardan iborat bo’ladi va ularni yechimini odatiy yo’l bilan topib bo’lmaydi – bu yo’l bilan ishlab chiquvchilar tomonidan soxta murakkablik yaratiladi, biroq bu qo’shimcha fikrlashga emas, balki barcha narsaga o’ysiz tugma bosishga olib keladi xolos. Har xolda Paradoxda bunday vaziyatlar deyarli yo’q desa ham bo’ladi, bo’lganlarini ham o’yinning umumiy g’alati uslubiga mos deyish mumkin.

Umuman, ushbu seriyadagi men tomonimdan o’tilgan o’yinlar u qadar murakkab bo’lmasada, lekin juda ham qiziqarli edi. Siz doimo o’ylash, eslab qolish, o’qish va izlashga majburdek bo’lsaiz, lekin bunga qaramay, sizga zarur bo’lgan barcha narsa doimo qo’l ostingizda bo’ladi.

Yuqorida yozganimdek, o’yin bir qadar o’ziga hos grafik uslubda, biroq sifatli bajarilgan. Tovushi ham yuqori darajada bo’lib, zarur bo’lgan muhitga cho’mishga sharoit yaratadi.

Meni juda ajablantirgani – bu Cube Escape seriyasidagi barcha o’yinlarning (Paradoxdan tashqari) umuman bepul mavjudligidir. Bunda, Paradoxning yarmi bepul mavjud bo’lib, qolgani uchun esa atigi 2 dollar to’lash kerak. Shuning uchun ham, agar siz miyangizni chrahlab, bir oz muddatga atrofingizni tarki dunyo qilimoqchi bo’lsangiz, unda – yuklang.

Muallif: MiaFelicita

PS: Ishlab chiquvchilar o’zlarining yaratayotgan mahsulotlariga berayotgan mehr darajalarining qanchaligini baholashingiz uchun sizga Paradoxning chiqishiga bag’ishlab chiqarilgan va o’yin bilan bevosita bog’liq 18 daqiqalik mini-filmni qoldiraman.

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
Rusty Lake
Janr
Квест
Versiya
1.22
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror