Digfender - qaziymiz-himoyalanamiz

AppStore
21 Sentyabr 2018

Tunu-kun men bo’lib ovora, TD-larda qurgum minora! Aslida ham shunday: nazarimda tower defense man uchun eng sevimli o’yin janridir. Biroq u haqida kam yozishimga sabab, oxirgi paytlarda bepul TD-o’yinlar ichida men uchun ma'qul bo’lgani uchramagani sabab bo’ldi. Lekin yaqinda men bu janrning qiziqarli bir nasxasni uchratdim.

Digfender - tower defense janridagi klassik o’yin bo’lib, unda shuningdek “qazish” elementi ham mavjud. TD-asosga keladigan bo’lsak, bu yerda hammasi oddiy: dushmanlarning oqimi sizni bazangizga yorib o’tishmoqchi bo’lishadi, siz bo’lsa, ularni yo’lida turli minoralarni joylashtirgan va ularni takomillashtirgan holda dushmanlarni u yerga kiritmaslikka urinasiz.

Bu yerda minoralar to’plami ham judda oddiy: dushmanlarni sekinlashtiruvchi – muzli; otishda yuqori tezlikka ega – olovli; bir nechta dushmanga chaqmoq bilan hamla qiluvchi – shokli; va maydon bo’ylab talofat yetkazuvchi – yerli. Minoralarning har bir turida xuddi Kingdom Rush o’yinida kabi aprgreyd uchun bir nechta tarmoq bor. Bularga qo’shimcha tarzda asosiy inshootlar va tuzoqlaringizni takomillashtiruvchi qo’llab-quvvatlash minoralari ham sizga muntazir.

Digfenderning o’ziga hos “fishka”si – bu o’yinning “qazish” jihatidir. Ushbu janrning ko’plab o’yinlarida dushmanlar haraktalanishining ikki variantidan biri qo’llaniladi: yoki ular avvaldan o’ylangan yo’llar bo’ylab harakat qilishadi (xuddi o’sha Kingdom Rush kabi), yoki siz minoralarni o’zini yo’llarni belgilash uchun qo’llaysiz (Fieldrunners seriyasidagi kabi). Digfender sizga avval yo’lni qazib chiqish va keyin unga minoralarni joylashtirish imkoniyatini bergan holda, o’zida ushbu ikki variantni birlashtiradi. Bu ahamiyatsiz farqdek tuyulsada, biroq geympleyga katta ta'siri bor.

Albatta, agar har safar sizga yoqqanidek qazish imkoniyati bo’lganida, o’yin juda oson va zerikarli bo’lib qolar edi. Shuning uchun ham ishlab chiquvchilar o’yinchilarni o’tib bo’lmas bloklar bilan o’ylangan tarzda cheklab qo’yishgan. Ba'zilarini umuman buzib bo’lmaydi, ba'zilari ustiga esa hatto qurib ham bo’lmaydi. Bundan tashqari, sizga uzun va samarali tunnel bilan boshqa tomonda ko’mib qo’yilgan zahiralar orasida tez-tez tanlov qilishga to’g’ri keladi. Bunday holat o’yin jarayonini zo’r yangilaydi, hamda o’yin strageyasi chuqurligi (so’z o’yini uchun uzr so’rayman) va o’yinni tushunishdagi oddiylik orasida ma'lum muvozanatni yuzaga keltiradi.

O’yin barcha narsanii shu qadar yaxshi uddalaydiki, men uchun unda biron bir kamchilik topish mushkul. Albatta, ekranning pastki qismida doim mavjud bo’lgan reklama banneriga shikoyat qilish mumkin. Baxtimizga, o’yin ichidagi biron narsani xarid qilish orqali uni olib tashlash mumkin. Yana kimgadir Kingdom Rush o’yiniga juda ham uxshab ketadigan stilisitika yoqmasligi mumkin. Men uchun bo’lsa ushbu “muammolar” – bu afzal ko’rish masalasidir. Ammo, shaxsan men, tower defense janridagi eng yaxshi o’yinlarning biridan bahra olish imkoniyatini qo’ldan boy bermayman.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
Mugshot Games Pty Ltd
Janr
Стратегия
Versiya
1.3.2
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror