Legend of Solgard – tuyulganidanda murakkab va go’zal

AppStore
14 Sentyabr 2018

Legend of Solgard - asosida “uchtasi bir qatorga” mexanikasi bo’lgan jangovor RPG o’yinidir. King ishlab chiquvchi kompaniyasi birinchi galda spuer-ommbop o’yin seriyasi bo’lgan Candy Crush orqal tanligan bo’lib, ishlab chiquvchi yangi loyihasida ham o’zining to’plangan tajribasini qo’llagan. Boshida LoS oddiygina “uchtasi bir qatorga” o’xshab ketadi, lekin asta sekinlik va braqarorlik bilan sizga yangi mexanikalarni taqdim eta boshlaydi va o’yinning ikkinchi soati yakuniga yaqin, siz uning butun taktik chuqurligini ko’ra boshlaysiz.

O’yin jarayoni shu qadar yaxshiligining sababi bor va u juda ham oddiy. Jang prinsiplari, 2009 yilda Nintendo DSda chiqarilgan, keyinchalik esa 2011 yilda konsol va PKlar uchun yuqori o’lchamda chiqarilagan, hamda 2013 yilda mobil devayslar uchun chiqarilgan Might & Magic: Clash of Heroes o’yinidan to’liq nusha olingan. Clash of Heroes - bu afsonaviy klassik o’yin bo’lib, bu mavqega asosan janrlarni mohirona birlashtirish evaziga erishgan. Eski o’yinni deyarli to’liq nusxada ko’chirish qanchalik to’g’ri bo’lganini – hamma o’zi uchun o’zi hal qiladi, biroq o’z vaqtida raqamli peshtaxtalar va shunga o’xshash ishlanmalardan talash bo’lgan Clash of Heroes o’yining davomi bo’lmagani sabab menimcha hech kim bunga qarshi bo’lmaydi.

Demak, Legend of Solgard o’yinida janglar quyidagi tartibda kechadi. Sizga mavjudotlar otryadi taqdim etiladi va siz ularni yanada yirikroq va kuchliroqlariga birlashtirishga urinasiz. Bunda ularni qanday shakllarga birlashtirishingiz muhim. Ushbu shakllarni uch turga ajratish mumkin: oddiy, yirik va himoyaviy. Birlashtirishning birinchi ikki turi sizga bir yoki bir nechta chiziq bo’yicha hujum qiluvchi mavjudotlarni taqdim etadi. Himoyaviy tur bo’lsa birlashmalarni barrikada to’siqlariga aylantirgani holda, siz va sizning “qo’shin”ingizni raqib hujumlaridan himoya qiladi. Kampaniya rejimidagi asosiy maqsad – dushmanlar chiqib kelayotgan portal yoki bossni yo’q qilishdan iborat. Bunda, sizning qahramoningiz ham yaralanishi mumkinligi va uni o’z vaqtida himoya qilish zarurligini ham unutmaslik kerak.

Janglar raundlarga bo’lingan bo’lib, ularning har birida sizga 3ta yurish qilish taklif etiladi. Bundan so’ng, hujumga shaylangan mavjudotlar hujum qilishni, yoki ushbu yurishda hujum qila olmasalar unga tayyorgarlik ko’rishni boshlaydilar. Sizning mavjudotlaringiz birinchi bo’lib hujumni boshlaydilar, shuning uchun sizda dushmanning jangchilari tomonidan keltiriladigan talofatdan qochib qolish imkoni mavjud, agar siz o’z vaqtida o’zingiznikilarni shay holtaga keltirsangiz albatta.

Albatta, bu faqat asosiylari. O’yinni boshlagandan so’ng bir oz vaqt o’tib, siz mavjudotlarni jang maydonidan qaytarib chaqirib olish, u yerga yana jo’natish, turli shakllarga birlashtirish va qo’shimcha mavjudotlar bilan kuchaytirish mumkinligini bilib olasiz. Yana bir oz vaqt o’tib, sizga hujum vaqtida bonus beruvchi mexanikalar va mavjudotlaringizning turli qobiliyatlari haqida so’zlab berishadi. Bir qancha vaqt o’naganingizdan so’ng, qahramoningiz qobiliyatlarini oshiruvchi ilk artefakt qo’lingizga kelib tushadi. Bularning barchasi yangi mavjudotlarni ochish, ularning qobiliyati va xususiyatlarini takomillashtirish, otryadlarning turli rollari va keyinchalik apgreydlar uchun but-sanamlar (nima?) kabi oydin bo’lgan narsalarni hisobga olmagan holda!

Umuman olib qaraganda, qo’shinlarning har xil turlari va ularning maxsus qobiliyatlari - Legend of Solgard o’yini strategiyasining asosidir. Yangi otryadlarni olish, hamda ularni va qobiliyatlarini tushunib yetish va keyinchalik ularni to’g’ri qo’llash, ko’pincha sizning naqadar muvaffaqiyatli bo’lishingizni belgilab beradi. Baxtimizga o’yinda istalgan otryadni yoki qobiliyatni jangdan tashqarida sinab ko’rish imkoni mavjud bo’lib, bu bilan ularni ilk qo’llashda kelib chiqishi mumkin bo’lgan vahima muammosidan qochib qutilish mumkin.

Nega bu funksiya bu qadar muhim? Sababi, o’yin har bir bosqichni o’tishda sarflanadigan quvvat tizini qo’llaydi. Boshida bu bilan hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, sababi bosqichlar osonlik bilan o’tiladi va quvvatning srfi ham minimal bo’ladi. Biroq, kampaniya bo’ylab o’tib borganingiz sari bosqichlar murakkablashib boradi va ulani o’tish uchun qilinadigan urinishlarga sarf qilinadigan quvvat hajmi ham ortib boradi. Shuning uchun ham, tanaffuslarsiz o’yinni o’tib bo’lmaydi – agar siz real pullarni sarf qilishga tayyor bo’lmasangiz, albatta. O’yin bepul mavjudligini va unda reklamaning yo’qligini hisobga olganda, nazarimda ishlab chiquvchilardan yanada ko’prog’ini so’rashga hech kim haqli emas.

Kampaniyalarni o’tish ancha vaqtni egallaydi, zero o’yin, har biri o’z ichiga 40tadan bosqichni olgan 4 olamdan iborat. Bundan tashqari o’yinda yana bir nechta boshqa rejimlar ham bor bo’lib, ularning ba'zilarida mavjudotlarning parchalarini topish, ba'zilarida esa oltin zaxiralarini to’ldirish ham mumkin bo’ladi. Shuningdek o’yinda PvP va kooperativ rejim ham mavjud bo’lib, siz unda kuchli bosslar ustidan g’alaba qozonish uchun gildiyangiz a'zolari bilan birlashishingiz mumkin bo’ladi. Shunday qilib, agar siz Legend of Solgard o’yinini sinab ko’rishga ahd qilsangiz, aniq zrikmaysiz.

Shuningdek, men o’yinning vizual jihatini ham e'tirof etmoqchi edim – u ajoyib. Umuman olib qaraganda, Legend of Solgard o’yinining ko’rinishi, ovozi va o’qilishi yahshi uyg’unlashgan mahsulot ko’rinishiga ega. Dizayn, grafika, modellar, musiqa, jang ovozlari, sifatli makonlar, oddiy, biroq qiziqarli syujet – King ishlab chiquvchilari ushbu loyihaga xuddi avallgi loyihalariga kabi, hattoki ulardan ham ko’proq mehr bilan yondashganlar.

Shunday qilib, pazllar, RPG o’yinlar va umuman sifatli mobil o’yinlarni xush ko’ruvchilarga Legend of Solgard o’yinini yuklab olishni tavsiya qilaman. Bu o’yin sizni bepul o’yinlar naqadar qiziqarli, chuqur va maftunkor bo’lishi mumkinligi bilan sizni xushnud etadi.

Muallif: MiaFelicita

Ishlab chiquvchi/Chop etuvchi
King
Janr
Стратегия
Versiya
1.1.2
Geympley
Boshqarish
Tovush
Grafika
Murakkablik
Sifat
Qaror