iPhone XS va iPhone XS Max smartfonlari haqidagi ilk taassurotlar.

Yangiliklar
13 Sentyabr 2018

Apple taqdimotidan so’ng chalingan qarsaklardan hali zal sovub ulgurmasdan, The Verge jurnalistlari yangi flagmanlarni amalda sinab ko’rish imkoniyatini qo’lga kiritdilar. Yigitlarning aytishicha, ilk taassurot shunday: xuddi qo’lingizda iPhone X tutib turgandek bo’lasiz.

Yig’ish sifati benuqson, albatta. Shisha avvalgilariga nisbatan u qadar sirg’anchiq emas, fotokamera ta’sirlanish tezligi a’lo darajada.

Shisha va displey avvalgi modelda bo’lganlariga nisbatan so’zsiz yaxshiroq.

iPhone XS Max kaftda o’zini istalgan iPhone Plusga nisbatan qulay sezadi. U qo’polroq ko’rinsada, aslida juda ham qulay. Agar avvallari devaysning katta o’lchami sizni o’ylantirgan bo’lsa, endi bekor. Bunisi – a’lo darajada.

Ikki model o’rtasidagi farq faqat displey hajmi va o’lchamida. XS modelida – o’lchami 2436 x 1125piksel bo’lgan 5,8-dyuymlik OLED-ekran bo’lsa, XS Max modelida – o’lchami 2688 x 1242 piksel bo’lgan 6,5-dyuymlik ekran mavjud.

Keling, flagmanlarni “jonli” ko’ramiz.

Manba: The Verge