O’zbekistondagi Chevrolet Tracker qanday bo’ladi?

Yangiliklar
13 Avgust 2018

Ko’pchilik mahalliy OAVlari sentabr oyida O’zbekistonda yangi Chevrolet Trackerni sotish boshlanadi deb yozgan edi. Biz bu xushxabardan ilhomlanib, ushbu modelning amerikalik inisi misolida ushbu transport voistasi qanday o’ziga hosliklarga ega ekaniga aniqlik kiritishga qaror qildik.

Shunday qilib, AQshda Tracker (Trax)ning narxi 21 000 dollardan boshlab start oladi. To’g’ri, bu borada amerikaliklarga ancha oson. Kompaniya avtomobil narxini oyiga 1 750 dollardan to’lashni va birnchi to’lovni amalga oshirgandan so’ng uni xaydab ketishni taklif etadi.

“Amerikalik”da besh kegay tishli 18-dyuylik alyuminiy disklari, mardonavor dizayn, ikki portli panjara va svetodiodli faralari mavjud.

Juda katta bo’lmagan gabaritlarga qaramasdan, ushbu krossover ancha sig’imdor. Chevroletning reklama matniga hos tarzda: “Ichida joy shunchalik ko’pki, siz mashina ichiga butun bir boshli seyf shkafini ham sig’dira olasiz”.

Aloqa va texnik takomillashtirishlar esa 4G LTE Wi-Fi, Apple CarPlay va Android Auto bilan mos ravishda ishlay olishlardan iborat.

Xavfsizlik ham a’lo darajada. 10 ta himoya yostiqchalari, smart-dachiklar kabi himoya qilishning yetakchi texnologiyalari mavjud. Smart-datchiklar kuchning va uning otilib chiqishini xavfning darajasiga qarab nazorat qiladi va eng hadiksiraydigan haydovchilarni ham ko’nglini hotirjam qiladi. Biroq, harakat xavfsizligining asosini tezlik rejimiga qat’iy rioya qilish tashkil etishini unutmaslik kerak.

Trax – to’liq privodli va turbopuflovchi 1,4-litrlik ECOTEC dvigatelli avtomobil. Uzatmalar qutisi olti pog’onali. Kruiz-nazorati bormi? Albatta.

O’zbekistondagi Tracker qanday bo’ladi?

Autostrada.uz portalining yozishicha, O’zbekistonda ishlab chiqariladigan Tracker quvvati 140 ot kuchi bo’lgan 1,8-litrlik dvigatel bilan jihozlanadi, yoqilg’i sarfi esa 100 kilometr yo’lga 8,1 litrni tashkil etadi.

Yangi modelning narxlari hali e’lon qilinmadi, lekin misol uchun Koreyada u 17 000 dollardan boshlanadi, Shtatlarda bo’lsa yuqorida yozganimizdek – 21 000 dollardan boshlanadi

“Oxirida” qanday Trackerni ko’rishimizni – keyingi oyda bilib olamiz.

Manba: Chevrolet Autostrada.uz
Muallif: Mr.Slan