Samsung taqdimoti haqida eng muhimlari.

Yangiliklar Maqolalar Sharxlar
10 Avgust 2018

Kecha Janubiy Koreya kompaniyasi yangi flagmanni va boshqa gadjetlarni taqdim etdi. Biz eng muhimlari haqida qisqacha so’zlab beramiz.

Samsung Galaxy Note 9.

Va nihoyat fabletning fanatlari orzulariga yetdilar. An’anaviy kelishgan smartfon taqdim etildi va uzuq-yuluq gaplarga barham berildi.

Shunday qilib, Note 9da QHD+ (IP68) o’lchamlik 6,4-dyuymlik SuperAMOLED displey bo’ladi. Yumaloqlangan burchaklar va korpus materiallari o’zgarishsiz qoldi. Bu metall romli shisha.

Bozordan kelib chiqqan holda flagman Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 boshqaruvi ostida ishlaydi. Tezkor xotirasi 6/8 GB, to’plash xotirasi 128/512 GB bo’lib, uni microSD yordamida 512 GBgacha oshirish mumkin.

Kamera Samsung Galaxy S9+ smartfonidagi bilan bir xil, faqat sun’iy intellekt yordamida yanada takomillashtirilgan. Asosiy kamera 12 MP, old kamera – 8 MP. Asosiy kamerada ikkita modul bo’lib, birinchisida optik barqarorlashtiruvchi, Dual-Pixel fokusni avtomatik sozlash fazaviy tizimi va f/1.5dan f/2.4ga o’ta oladigan diafragma mavjud. Ikkinchi kamera esa f/2.4 doimiy diafragma va teleobyektivga ega.

Barmoq izi skaneri orqa tarafida joylashgan bo’lib, shuningdek ko’z qorachig’i skaneri ham mavjud.

Albatta, avvaldan e’lon qilinganidek, Note 9da korpusga joylangan S Pen stilusi ham bor. Bu yil u juda zo’r takomillashgan. U nafaqat yozishga qodir, balki Bluetooth yordamida pleyer va kamerani ham boshqara oladi.

Note 9ni sotish 24-avgustdan start oladi.

Narxlar:

6/128 Gb - 1000$
8/512 Gb - 1250$

Samsung Galaxy Watch

Kutilgan flagmandan tashqari Samsung o’zining “aqlli” soatini ham taqdim etdi.

Samsung Galaxy Watch ikkita o’lchamli ko’rinishda mavjud: 46 mm va 42 mm. AMOLED-displey Gorilla Glass DX+ bilan. Ichida – ikki yadroli Exynos 9110 protsessori. Tezkor xotirasi – 468 MB, to’plash xotirasi – 4 GB.

Operatsion tizimi: Tizen asosidagi Wearable OS 4.0.

Soat bir necha barobar aqlli bo’ldi. Endi u yanada ko’proq mashg’ulotlarni va tushkunlikni aniqlay oladi. Agar foydalanuvchi asabiylashib pulsi tezlashsa – Galaxy Watch uni tinchlanishi kerakligi haqida ogohlantiradi.

Soatda Bluetooth 4.2, Wi-Fi b/g/n, GPS va NFC modullari mavjud. Mikrofon va dinamik qo’ng’iroqlarga javob berish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu model eski soatlar kabi chiqillaydi va har soatda signal berib tura oladi.

Sotuv AQShda 24-avgustdan start oladi.

Samsung Galaxy Home.

Katta taqdimot doirasida, kompaniya shuningdek “aqlli” kolonkani taqdim etdi.

U oltita sabvufer o’rnatilgan dinamiklar bilan jihozlangan. Tovush sifatiga AKG javob beradi.

Bularidan tashqari, kolonka Bixbyni qo’llab-quvvatlaydi. Virtual assistent musiqani yoqadi, savollaringizga javob beradi. Bixby garang tuyulmasligi uchun Galaxy Home yaratuvchilari tomonidan kolonkaga 8 ta mirofon o’rnatildi.

Devays qachon namoyon bo’lishi – aniq emas.

Manba: The Verge
Muallif: Mr.Slan