“Bajarib bo’lmas topshiriq 6: Natija ” – yilning eng omadsiz filmi.

Yangiliklar Maqolalar Sharxlar Vaqtichog'lik
27 Iyul 2018

Film yaratuvchilari bemalol uning bir soatini kesib tashlashlari mumkin edi va buni hech kim sezmas edi.

Yangi “Topshiriq”ning barcha kamchiliklarini sanab o’tmayman, spoylerlik qilmoqchi emasman (garchi hech narsa bo’lmasada), lekin film ikki soatga cho’zilgan bema’ni tomoshaga aylanishini men Itanning plutoniy solingan sumkasini “uxlatib ketishganida” (90-yillarning so’zi) bildim. Shu yeridan boshlab “Bajarib bo’lmas topshiriq” sochilib ketadi. Keyinchalik ekranda aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradigan yuqori malakali agent filmni boshida bu qadar ahmoqona, yuzaki va qo’pol ravishda “qovun tushirmaydi” axir. Bundan tashqari, ushbu epizodda Tom Kruz davrimizning eng yaxshi aktyori kabi emas, balki xuddi dam olish kunlari qo’shni maxalladagi drama to’garagiga borib vaqtichog’lik qiladigan yigitcha kabi o’ynagan. Bema’ni tomosha.

Yutuqlar ham bor albatta. Suratga olinishi ancha taasurotli chiqqan, ba’zi bir sahnalar haqiqatda hayratga soladi, va bu menimcha ikki soat vaqtingizni ushbu filmga sarf qilishga arzigulik yagona sabab bo’lsa kerak. Ekshn bilan bog’liq bari – bekamu-ko’st bajarilgan. Lekin biz kino haqida gapiryapmiz, attraksionli park haqida emasku, to’g’rimi?

Garchi, ko’pchiligimiz uchun kino allaqachon attraksion bo’lib ulgurgan bo’lsada. Masalan, o’zingizni o’y-fikrlar bilan yuklamaslik, ko’rilgandan hech narsa olmaslik, nimani ustidan kulganingizni esdan chiqarib va zaldan umuman bum-bo’sh bo’lib chiqib ketishingiz uchun.

Uning yaratuvchilari uchun bajarib bo’lmas topshiriqqa aylangan yangi kinoning yuqori reytinlarini hisobga olsak – mening so’zlarim bu xavoni titratishdan boshqa narsa emas.

Manba: Mr.Slan

Menga qarata istalgan narsani uloqtirishingiz mumkin. To’g’ri, Tom Kruz ayanchli darajada yomon bo’lishi mumkin emas, J.J. Abrams bo’lsa bo’lmag’ur narsaning prodyusseri bo’la olmaydi, axir u barcha zamonlarning eng afsonaviy seriallaridan biri bo’lmish “Lost”ning g’oya muallifi, senariy yozuvchisi va ijrochi prodyuseri – demak, muvaffaqiyatsizlik aslo bo’lmaydi. Albatta shunday bo’lishi kerak. Lekin, bu yerda mening shaxsiy fikrim bo’lgani uchun bu madh etishlar sub’ektivlikning qalin devoriga tegib parchalanib ketadi.

Bunday bo’lishi mumkin. Bu film boshdan oxirigacha – qimmat maskaradga o’xshaydi. Hammasi mayligayu, lekin senariyning beo’xshovligini aytib o’tmay ilojim yo’q, nazarimda uni VGIKning uchga o’qiydigan birnchi kurs talabasi yozgandek. Lekin, yo’q, “Topshiriq” senariysini yaratilishi ortida “Shubhali shaxslar” lentasi uchun “Oskar” olgan ajoyib Kristofer Makkuori turibdi.

Filmning asosiy muammosi nimada ekanini ham bilmayman: unga hamma narsani kirtishga uringanlarimi, joylarida Tom Kruzning rolni umuman yomon o’ynashimi, yoki umuman no’noq va chiranib chiqarilgan dramaturgiyami – bilmadim. Men uchun aniq bo’lib turgan narsa, - bu 90-yillarning past sifatli filmlaridagi kabi bosh qahramonlar shtamp va siyqasi chiqqan barcha usullarni qo’llagan holda dunyoni asrab qolishga harakat qilishlaridir. Farqi shundaki, hozir 90-yillar emas va ta’bi nozik tomoshabin uchun bunday urinishlar xuddi bola tomonidan “qarang oyi, men qanday qila olaman” deb birinchi bor shar shishirish bilan barobar.