Mi Bluetooth-kolonkalarining sharhi + sovrinli o’yin.

Yangiliklar Maqolalar Sharxlar
18 Iyun 2018

Yoz ayni qizg’in pallasiga kirib bordi, bu degani, bugungi sharhimiz, shahar tashqarisiga chiqib ketishni reja qilganlar uchun qo’l keladi. Axir, musiqasiz qanday vaqtichog’lik, bo’lishi mumkin? Simsiz kolonkalar – bu dala-hovlida shashlik pishirayotganlar, poxodga chiqqayotganlar yoki oddiygina quchoqlashib quyosh botishini tomosha qilayotganlar uchun ajoyib gadjetdir. Bugun biz Mi kolonkalarining eng qiziqarli uchta modeli haqida so’z olib boramiz, nazarimizda aynan ushbu kompaniya devayslarning narxi va sifatidagi ma’qul nisbatini ushlab turibdi, Xiaomining O’zbekistondagi rasmiy hamkori – Mi Uzbekistan esa sizga mahsulotni birinchi talabdayoq taqdim etishga tayyor. Demak, Mi tovush sohasida qanchalik darajada yaxshi ekanligiga oydinlik kiritishga harakat qilamiz, shuningdek, Mi Speaker Basic 2 zamonaviy kolonkalarini sovrin sifatida o’ynaymiz.


Mi Pocket Speaker 2 

Juda ham zamonaviy dizayn, ushlab ko’rganda yengil, ko’p joyni egallamaydi. Ushbu kolonka ham ish kabinetida aksessuar sifatida, ham biron bir kundalik ishlaringizni bajaryotib turib musiqani baland ovozda tinglash vositasi sifatida bir hilda mos tushadi. Quvvatni ancha davomli saqlaydi, deyarli 7 soatgacha. Bluetooth bor istalgan uskuna ushbu kolonka orqali musiqa yangrashi uchun tovush tashuvchi sifatida mukammal to’g’ri keladi.

Smartfon yoki boshqa devays bilan aloqaga kirish uzoqligi ancha yaxshi ko’rsatkichga ega – 10 metrgacha.

Umuman olganda plyuslar jada ham ko’p, lekin sezilarli minusi ham bor. Past va o’rta ovoz balandligida mutanosib ravishda tovush chiqarishiga qaramasdan, kolonka baland ovozda yomon eshitiladi. Tovush buziladi va shunga o’xshash gabaritlardagi qurilmalar uchun hos bo’lgan tovush chastotalari muvozanati buzilib, “bo’tqaga” aylanishi sodir bo’ladi. Eshitish uchun eng qulay bo’lgan tovush balandligi – o’rtachadir.

Narxi qancha deysizmi? 229 000 so’m. Buyurtma berish uchun mana bu yerga bosing xolos.

Mi Bluetooth Speaker Mini

58 gramm og’irligiga ega bo’lgan ushbu “mitti” o’zining tovush sifati bilan xayron qoldirdi. Judayam kichik bo’lishiga qaramasdan (Mini osonlik bilan cho’ntakka sig’adi) u o’zining baland, jarangli va muvozanatli chastota xarakteristikasiga ega toza tovushi bilan xayratda qoldiradi. Qiziq, qanday qilib Mi “tovush chiqaruvchi angishvonadan” bunday narsani amalga oshirishni udalladi ekan.

Devaysning quvvati 2 Vt. Bu velosipedda kechki sayr uchun mukammal ixcham kolonkadir. Mini bir quvvat olishda 4 soatgacha va tovush manbaidan 5 metr radiusda ishlaydi.

Narxi va sifat mutanosibligi uchun – qat’iy besh plyusi bilan.

Kolonka yoqdimi? Oldindan buyurtma bering.

Mi Bluetooth Speaker Basic 2

Nazarimizda – ushbu seriyaning eng yaxshi kolonkasi. Birinchidan, taqdim etilganlari orasida faqat u stereoda jarnglaydi, ikkinchidan ixcham va yoqimli dizaynga ega.

Bundan tashqari, Basic 2 maqbul narx uchun juda ham yaxshi tovush chiqaradi.

Kolonka akkumulyatorning bir quvvat olishida 10 soatgacha ishlashi mumkin. Og’irligi atigi 160 gramm bo’lagni uchun, uni ryukzakka solib dam olishga otlanish yoki katta bo’lmagan bir basseyn oldida bir necha odamlik kecha uyushtirish – a’lo ish bo’ladi.

Shuningdek, o’rnatilgan mikrofon tufayli, devays konferens-aloqani ham o’rnata oladi.

Qisqasi, nazarimda o’z puli uchun bu eng yaxshi Bluetooth-kolonka.

Narxi qancha deysizmi? 217 000 so’m. Buyurtmani bu yerda berish mumkin.

Har bir modelning imkoniyatlari haqida batafsil quyidagi maxsus sharhimizda ko’ring.

SOVRINLI O’YIN!
Bugun biz do’stlarimiz, Xiaomining O’zbekistondagi rasmiy hamkori – Mi Uzbekistan bilan birgalikda ajoyib Bluetooth-kolonkasi Basic 2 ni sovrinda o’ynaymiz. Aynan siz uning qimmatli gasiga aylanishingiz mumkin.

Buning uchun, sovrin o’ynash shartlarini video ostidagi bizning Facebookdagi shifamizda diqqat bilan o’qib chiqing

Omad!

Muallif: Mr.Slan