“Qasoskorlar: Cheksizlik urushi” xech qanday ko’ngil bo’shlikka o’rin yo’q, faqat xardkor.

Biz Marvel olamining o’z o’ziga ancha zid va bir vaqtning o’zida har xil ma’nolarda ajoyib bo’lgan lentasini tomosha qildik. Spoylerlik qilmaymiz, lekin bitta narsani aytib o’tamiz: bu butun seriyaning eng stressga boy filmi bo’ldi. Shuning uchun hali ko’rmaganlarga – ko’rishni qat’iy tavsiya qilamiz, ko’rib bo’lganlar bilan birga bo’lsa haligacha xayratdamiz. Nazarimizda, ikki toifa muxlislarga ba’zi faktlar va “Cheksizlik urushi”ni yaratishdagi texnologik yechim va asoslar, haqidagi ma’lumotlar qiziq bo’lsa kerak, zero ular filmga maksimal ravishda “tiqib tashlangan”.
TANOS.
Unchalik yoqimli bo’lmagan bosh yovuz-qahramon Tanosni ancha puxtalik bilan ishlab chiqishgan.
“Ushbu personajni yaratishda, ushbu murakkab personajning turli qirralari o’rganib chiqildi. U nafaqat mutloq yovuzlikning yaqqol timsolidir, balki xato oliy maqsadlariga ishongani holida, o’zini xaloskor deb biladi va ularni joriy etishga harakat qiladi”.
- deydi ijrochi prodyusser Viktoriya Alonso.
Ko’raylikchi, Tanos qanday paydo bo’lgan ekan.
MAKONLAR.
Tarmoqda bu Marvel olamining ikkiga bo’lingan ilk loyihasidir degan ma’lumot aylanib yuribdi. Shuningdek, filmning bosh rassomi ko’pgina makonlarga oro bergan, jumladan Vakanda, Nyu-Yorkdagi Bliker Strit. Bundan tashqari juda ko’p sahnalar Shotlandi da suratga olingan. Bu bejiz emas.
“Edinburg dramatik shahar”. U Yerga xos bo’lmagan muhitni kashf etadi. U erda o’ziga xos qandaydir fantastik narsa bor, u narsani biz nafaqat Yerda balki boshqa olamlard ro’y beradigan hodisali sahnalarni suratga olishda ishlata oldik”.
- deydi Entoni Russo.
RAQAMLAR.
Lenta byudjeti: 316 million dollar.
8 may holatiga jami yig’imlar: 1 milliard 226 ming dollar.
Filmning Rotten Tomatoesdagi reytingi – 84%, muxlislar reytingi – 92%.
Ilk 72 soat ichida “Cheksizlik urushi” oldindan chipta sotish bo’yicha rekord o’rnatdi, va tegishli tartibda “Qora qoplon”ni 257,6% ga, “Birinchi qasoskor: Qarshilik”ni 751,5% ga va “Qasoskorlar: Altron erasi”ni 1106,5% ga ortda qoldirdi.

GONORARLAR.

Yaratuvchilar uchun “Qasoskorlar” arzonga tushmaydi albatta. Superkahramonlarning oyliklari ham o’zlariga xos bo’ladi.
Robert Dauni kichikka 40 million dollar to’langi, u xali xanuz “Qasoskorlarning” eng ko’p oylik oluvchi vakili sanaladi. Skarlett Yoxansson seriyadagi har bir filmi uchun 20 million dollar oladi, Vin Dizelga bo’lsa, Grutga ovoz beragni uchun, uning qahramoni ishtirok etgan barcha filmlar uchun jami 54 million dollar to’lab berishgan. Ovoz uchun 54 million. Ellik to’rt!. Xa, siz to’g’ri eshittingiz.
Yosh iqtidorlarga esa bir oz kam pul tekkan. Masalan, 21 yoshlik O’rgimchak-odam roli ijrochisi Tom Xolland 3 million dollarlik chek olgan. Ajablanarlisi, Benedikt Kamberbetch va Chedvik Bouzman yangi filmdan har biri atigi 5 milliondan ishlab olishdi.
Ushbu ma’lumotni hazm qilguningizga qadar, “Cheksizlik urushi”ni suratga olish maydonchasidan rolikni tomosha qiling, biz esa kinoga, takroriy seansga otlandik.
Manba: This Is Insider Wikipedia Quora Rotten Tomatoes YouTube
Muallif: Mr.Slan