Hafta treyleri: “O`yinchoqlar voqeasi 4”.

Yangiliklar Vaqtichog'lik
03 Dekabr 2018

Pixarning supermashhur asari to`rtinchi qismining premyerasi kelgusi yil 20 iyunda bo`lib o`tadi. Li Ankrichning ko`p marotaba uning davomi bo`lmasligi haqida e`tirof etganiga qaramasdan, ushbu ajoyib multfilmning barcha fanatlari xotirjam bo`lsalar bo`ladi. Sababi “O`yinchoqlar voqeasi 4”ning asl treyleri chiqdi.

Vudi o`zining bu olamda tutgan o`rniga doim ishonchi komil edi, ya`ni uning ustuvor vazifasi bu o`z bolasi haqida g`amxo`rlik qilish, xoh u Endi bo`lsin, xoh Bonni. Biroq, Bonni xonaga “Forki” ismli yangi o`yinchoqni olib kelganida, yangi va eski do`stlar bilan boshdan kechirilgan sarguzasht Vudiga o`yinchoq uchun olam naqadar qadrli ekanini ko`rsatib beradi.

Treylerni ko`ramiz.

Manba: YouTube